IMMUNOPROFILAKTIKA: BUGUNGI CHORA-TADBIRLAR VA KELGUSI USTUVOR VAZIFALAR
2026-08-27 09:50:00 / Yangiliklar

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Wyndham Garden Chorvoq” mehmonxonasida 25–27 avgust kunlariga mo‘ljallangan “Boshqariluvchi yuqumli kasalliklarning immunoprofilaktikasi, qizamiq va poliomiyelit profilaktikasi, 2026-yilda ushbu sohada olib borilgan chora-tadbirlar va kelgusi ustuvor vazifalar” mavzusida seminar-yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Seminarda Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Sanepidqo‘mitaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar immunizatsiya ishlariga mas’ul bosh mutaxassislari hamda JSST ekspertlari ishtirok etmoqda.
Mutaxassislar tomonidan 2026-yilda boshqariluvchi yuqumli kasalliklar immunoprofilaktikasi, qizamiq va poliomiyelitning epidemiologik kuzatuvi hamda profilaktikasi to‘g‘risidagi taqdimot va ma’ruzalar tinglanmoqda.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee


