KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH — SHAFFOFLIK VA ADOLAT GAROVI!
2026-08-20 16:20:00 / Yangiliklar

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tizimida korrupsiyaviy xatarlarni aniqlash va oldini olish, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini samarali tashkil etish hamda manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish yo‘nalishida izchil va tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur yo‘nalishdagi chora-tadbirlar tizimda qonuniylik, shaffoflik va xolislik tamoyillarini mustahkamlash, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish hamda manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq xavflarni barvaqt aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan.
Amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar hamda muhim ko‘rsatkichlar haqida batafsil ma’lumot yuqoridagi infografikada aks ettirilgan.
Sanepidqo'mita Axborot xizmati
