QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI BERUNIY TUMANIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
2026-08-12 18:10:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani bo‘limi boshlig‘i Xushnud Yeshimbetov ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.
Qabul davomida fuqarolar va tadbirkorlarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Ayrim murojaatlar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar mas’ullarga biriktirildi.
Sayyor qabulda jami 36 nafar fuqaro ishtirok etdi. Har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, qonuniy hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
Bunday sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, mavjud muammolarni o‘rganish va tezkor bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sanepidqo'mita Axborot xizmati

