RESPUBLIKADA YUQUMLI ICHAK INFEKSIYALARINI TASHXISI, DAVOLASH VA OLDINI OLISH BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN TADBIRLAR, MAVJUD MUAMMOLAR VA ULARNI YECHIMI
2026-07-28 16:50:00 / Yangiliklar
Respublikada yuqumli ichak infeksiyalarini tashxisi, davolash va oldini olish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar, mavjud muammolar va ularni yechimi mavzusida
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Farhod Qurbonbekov ma’lumot berdi.

Ma’muriy hududlardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra Respublikada 2026-yil epidemik mavsumi davri uchun 4 707 ta shifo o‘rinlari tashkil etilgan.
O‘tkir yuqumli ichak kasalliklari bilan kasallanish holatlari tahlil qilinganda kichik yoshdagi bolalar o‘rtasida ko‘proq qayd etilishi aniqlandi.
- Bunga yosh bolalar iste’mol qilishi uchun mo‘ljallangan sun’iy ovqatlarni uy sharoitida tayyorlash qoidalariga rioya qilinmaganligi,
uzoq muddatda turib qolgan ovqatlarni iste’mol qilinishi,
- bolalar parvarishi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar shaxsiy gigiyena qoida va talablariga qat’iy rioya etmasligi,
- bolalarni noto‘g‘ri ovqatlanishi sabab bo‘layotgani, aholining tibbiy madaniyatini oshirish muhimligi ta`kidlab o‘tildi.
Sanepidqo'mita Axborot xizmati
