SANEPIDQO‘MITA EPIDEMIOLOGIYA BOSHQARMASI BOSHLIG‘I RUSTAM IKRAMOV MARUZASI
2026-07-28 16:05:00 / Yangiliklar

Jumladan:
- Respublika hududiga yuqumli kasalliklarning chet davlatlardan kirib kelishi va aholi o‘rtasida tarqalib ketishiga yo‘l qo‘yilmadi;
- Kasalliklarni chetdan kirib kelishini oldini olish maqsadida, respublika bo‘yicha bugungi kunda davlat chegaralarini kesishish joylarida, xalqaro aeroportlarda hamda temir yo‘l kesishmalarida 55 ta sanitariya – karantin punktlari faoliyat olib bormoqda;
- Ushbu punktlarda joriy yilning o‘tgan 6 oy davrida 725 850 ta transport ko‘zdan kechirilib, 10 618 501 nafar yo‘lovchi, shundan 4 559 633 nafar xorij fuqarosi tibbiy-sanitariya nazoratidan o‘tkazilgan.
Respublikada yuqumli kasalliklarni kelib chiqishi va tarqalishining oldini olish maqsadida epidemiologik vaziyatni doimiy tahlil qilib borish, epizootik holat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari bilan muntazam solishtirib borish hamda xavf yuqori bo‘lgan hududlarda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish zarurligi to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Sanepidqo'mita Axborot xizmati
