BIOLOGIK FAOL QOʻSHIMCHALAR TARKIBIDA FOYDALANISH TAQIQLANGAN VA CHEKLANGAN MODDALAR
2026-07-07 15:45:00 / Yangiliklar

1.Dori vositalari va faol farmasevtik substansiyalar:
gormonal preparatlar (estrogenlar, androgenlar, ularning hosilalari va boshqalar);
stereoid gormonlar va ularning analoglari;
markaziy asab tizimi stimulyatorlari va dorivor anorektiklar;
fosfodiyesteraza-5 ingibitorlari (PDE5);
kardiotrop dori moddalari;
analgetiklar va nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar;
antibiotiklar va mikroblarga qarshi dori preparatlari;
antidepressantlar, anksiolitiklar, sedativ dori vositalari;
oziq-ovqat komponentlariga mansub bo‘lmagan har qanday boshqa dori moddalari.
2. Giyohvandlik va psixotrop moddalar:
O‘zbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar rasmiy ro‘yxatlariga kiritilgan moddalar;
sun’iy kannabinoidlar.
3. 9-tetragidrokannabinol (THS) va narkotik ta’sirga ega mahsulotlar:
9-tetragidrokannabinol (THS) har qanday shaklda;
kannabis (kanoplya) va uning smolalari (oziq-ovqat maqsadlarida qo‘llanilishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ruxsat etilgan hollar bundan mustasno);
tarkibida THS miqdori oziq-ovqat mahsulotlari uchun milliy belgilangan chegaraviy qiymatlardan yuqori bo‘lgan ekstraktlar, moylar va boshqa mahsulotlar.
4. Zaharli moddalar va sanoat kimyoviy moddalari:
oziq-ovqat mahsulotlari uchun mo‘ljallanmagan sanoat kimyoviy moddalari va texnologik reagentlar;
oziq-ovqat mahsulotlarida qo‘llash taqiqlangan yoki cheklangan ro‘yxatlarga kiritilgan zaharli moddalar;
kanserogen, mutagen yoki reprotoksik faolligi aniqlangan, oziq-ovqat mahsulotlarida qo‘llash ruxsat etilmagan moddalar.
5. Identifikatsiya qilinmagan yoki zaharli kelib chiqishi o‘simlikka mansub bo‘lgan qismlari:
o‘simlikning botanik turi va foydalanilgan qismi aniq ko‘rsatilmagan o‘simlik aralashmalari va ekstraktlari;
odatdagi iste’mol sharoitida inson uchun zaharli yoki toksik deb e’tirof etilgan o‘simlik komponentlari;
oziq-ovqat mahsuloti yoki BFQ tarkibida qo‘llanilishi milliy ro‘yxatlar bilan taqiqlangan o‘simlik ingrediyentlari.
6. Xavfsiz deb tan olinmagan tirik mikroorganizmlar:
oziq-ovqat mahsulotlarida qo‘llash uchun ruxsat etilmagan genetik modifikatsiyalangan mikroorganizmlar;
patogen mikroorganizmlar va ularning toksigen variantlari, shu jumladan toksin ishlab chiqaradigan yoki patogenlik omillariga ega bo‘lgan shtammlar.
Sanepidqo'mita Axborot xizmati
