YAKKASAROY TUMANIDAGI HAMSHIRALAR UCHUN XALQARO SEMINAR-TRENING TASHKIL ETILDI
2026-07-06 16:30:00 / Yangiliklar

Sanepidqo‘mita, Koreya ijtimoiy xayriya fondi hamda KOFIH tashkiloti hamkorligida Yakkasaroy tumanida faoliyat yuritayotgan hamshiralar ishtirokida xalqaro seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
O‘quv mashg‘ulotlari davomida ishtirokchilarga aholi bilan samarali kommunikatsiya o‘rnatish, profilaktik tavsiyalarni sodda va tushunarli shaklda yetkazish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishning zamonaviy yondashuvlari bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalar berildi.
Seminar tibbiyot xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish, profilaktik ishlar samaradorligini kuchaytirish hamda aholi o‘rtasida tibbiy savodxonlikni yuksaltirishga xizmat qildi.
Sanepidqo'mita Axborot xizmati
