FAVVORALARDA CHOʻMILISH — INFEKSIYA YUQTIRISH XAVFINI OSHIRADI
2026-06-30 17:05:00 / Yangiliklar

Yoz boshlanishi bilan shaharlarimizning odamlar gavjum joylarida favvoralar ishlay boshlaydi. Jazirama issiqda ular beradigan salqinlik va qulaylik juda yoqimli va ajoyib, lekin bu favvoralar suvida cho‘milish mumkinmi?
Masalan, shahar markazida chiroyli favvora mavjud. U tozalanadi, yuviladi va toza ichimlik suvi quyiladi. Bu suv bir necha hafta davomida yopiq siklda aylanadi. Hech qanday xavf yo‘qdek tuyuladi. Lekin favvoraning toza bo‘lib tuyulishini butunlay inkor etadigan bitta holat mavjud - u ochiq osmon ostida, va barcha tirik mavjudotlar va shamol uchun ochiqdir. Masalan favvora ustidan bir qush uchib o‘tdi va u axlatini suvga tushirdi. Qarabsizki suvda gelmint lichinkalari ko‘payishni boshlaydi.
Keyin yaqin atrofda yugurib yurgan kuchukcha suv ichdi va cho‘milib oldi, yana gelmint tuxumlari qo‘shildi.
Cho‘milishdan saqlanish sabablari
Infeksiyalar va bakteriyalar: Favvoralardagi suv basseyn standartlari bo‘yicha tozalanmaydi. ichak infeksiyalari, rotaviruslar va parazitlar faol ko‘payadi.
Hayot uchun xavfi: Favvoralarda elektr uskunalari, yoritish va kuchli nasoslar ishlaydi. Suvdagi yalang‘och simlarga tegish tok urishiga olib kelishi mumkin.
Jarohatlanish xavfi: Favvora kosasining ichki devorlari siliq shilimshiq bilan qoplangan, tubida esa o‘tkir, qirrali moslamalar yoki singan oynalar bo‘lishi mumkin, bular yiqilganda osongina kesilishi yoki lat yeyishi mumkin.
Allergik reaksiyalar xavfi: Suvning tiniqligini saqlash maqsadida bazan kimyoviy moddalardan foydalaniladi. Ular uzoq vaqt aloqada bo‘lganda yoki og’iz orqali tushganda terining ta’sirlanishini, allergik reaksiyalarni va boshqa muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Shunday qilib, favvoralar shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shish va salqinlik berish uchun qurilgan me’moriy va dekorativ element bo‘lib, ularning suvi ichish yoki cho‘milish uchun mo‘ljallanmagan.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee
