HAMSHIRALAR UCHUN XALQARO O‘QUV-SEMINAR
2026-06-16 15:30:00 / Yangiliklar

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 7-oilaviy poliklinikada Sanepidqo‘mita, Koreya ijtimoiy xayriya fondi va KOFIH tashkiloti hamkorligida seminar-trening o‘tkazildi.
Tadbirda hamshiralarga aholi bilan samarali muloqot qilish, tibbiy ma’lumotlarni sodda va tushunarli yetkazish hamda profilaktika targ‘ibotini kuchaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Seminar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, tibbiy savodxonlikni oshirish va aholi salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Sanepidqo'mita Axborot xizmati


