QURBON HAYITI MUBORAK BO‘LSIN!
2026-05-26 13:30:00 / Yangiliklar

Hurmatli yurtdoshlar!
Yurtimizda ezgulik, mehr-oqibat va saxovat timsoli bo‘lgan muborak Qurbon hayiti ayyomi keng nishonlanmoqda. Sizlarni ushbu qutlug‘ bayram bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Qurbon hayiti — insoniylik, bag‘rikenglik, saxovat va hamjihatlik kabi ezgu qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan ulug‘ ayyomdir. Ushbu muborak kunlarda mehr-oqibat, o‘zaro hurmat va e’tibor yanada mustahkamlanib, qalblarga quvonch va fayzu baraka ulashadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va mehr-saxovat tadbirlarini samarali tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorida xalqimizga xos mehr-oqibat, insonparvarlik, shukronalik, saxovat va bag‘rikenglik kabi ezgu fazilatlarni mujassam etgan muborak Qurbon hayitini munosib nishonlash, ushbu qutlug‘ ayyomda aholini davlat tomonidan qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash belgilandi.
Barchangizga mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, har bir oilada farovonlik va baxt-saodat bardavom bo‘lsin.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, xonadonlaringizga fayzu baraka, dasturxonlaringizga to‘kinlik va ezgu niyatlaringiz amalga oshishini tilayman
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Bahodir YUSUPALIYEV,
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi
Sanepidqo'mita Axborot xizmati
