SAVDO-SANOAT PALATASIDA TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT BO‘LIB O‘TDI
2026-05-19 18:25:00 / Yangiliklar

Muloqotda Sanepidqo‘mita, Biznes-ombudsman, Savdo-sanoat palatasi va boshqa tegishli idoralar rahbarlari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.10.2016 yildagi PF-4848-sonli Farmoni Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini ta’minlash, xususiy mulkni himoya qilish va uning daxlsizligi kafolatlarining huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlash, tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, respublikada investisiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan.
Bugungi o‘tkazilgan muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan Sanepidqo‘mita tekshiruvlari jarayonida yuzaga kelayotgan dolzarb masalalar muhokama qilindi. Jumladan:
◾️ asossiz yoki takroriy tekshiruvlar;
◾️ ortiqcha byurokratik talablar va hujjatlashtirishdagi qiyinchiliklar;
◾️ amaliyotda turlicha talqin qilinayotgan sanitariya talablari;
◾️ tibbiy ko‘rik masalalari;
◾️ sanitariya-epidemiologik xulosalar va ruxsatnomalar olishdagi muammolar;
◾️ tekshiruvlar natijasida tadbirkorlik faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan holatlar.
Sanepidqo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari N.Atabekov berilgan savollarga, xususan hududiy studiyalar orqali tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan barcha muammoli masalalar bo‘yicha ham batafsil ma’lumot berib o‘tdi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini ko‘rib chiqish jarayonida barcha takliflar inobatga olinishini aytib o‘tdi.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee




