“ZAKOVAT ARENA”DA “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YININING SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK VA JAMOAT SALOMATLIGI QO‘MITASI RAISI KUBOGI TURNIRI O‘TKAZILDI
2026-05-15 15:15:00 / Yangiliklar

Bugun poytaxtimizdagi “Zakovat arena”da “Zakovat” intellektual o‘yinining Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi kubogi turniri tashkil etildi.
Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan mazkur intellektual turnirda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tizim tashkilotlaridan jami 16 ta jamoa ishtirok etdi.
Hududiy bosqichda Sanepidqo‘mita tarkibiga kiruvchi muassasalarning hududiy boshqarmalari xodimlari orasidan intellektual salohiyati yuqori bo‘lgan ishtirokchilar saralab olinib, har biri 6 nafardan iborat hududiy “Zakovat” terma jamoalari shakllantirildi.
Mazkur intellektual turnir yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda jamoalar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida tashkil etilmoqda.
Tadbir davomida jamoalar turli mantiqiy va bilimga oid savollar asosida o‘zaro bellashdi. Yakunda yuqori natija qayd etgan jamoalar munosib taqdirlandi.
Turnir tizim xodimlari o‘rtasida bilim va tafakkurni yuksaltirish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda intellektual muhitni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin – Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasining “Moderna” jamoasi;
2-o‘rin – Respublika OITSga qarshi kurashish markazining “Contigo” jamoasi;
3-o‘rin – Sanepidqo‘mita Navoiy viloyati boshqarmasining “Temur qalqoni” jamoasi egalladi.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee


