“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH DAVLAT SANITARIYA VRACHI KUBOGI” UCHUN FUTBOL MUSOBAQASI G’OLIBLARI TAQDIRLANDI
2026-05-08 15:45:00 / Yangiliklar

Musobaqaning saralash bosqichi joriy yilning 24–25-aprel kunlari hududlarda o‘tkazildi.
Musobaqaning final bosqichi dasturiga muvofiq:
• 6 may kuni — qur’a tashlash marosimi;
• 7 may kuni — guruh bosqichi o‘yinlari;
• 8 may kuni — pley-off o‘yinlari, final bahslari hamda g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqalarda hududiy boshqarma va tuman bo‘limlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 16 ta jamoalar g‘oliblik va kubok uchun o‘zaro bellashdi.
Musobaqaning final bosqichi pley-off o‘yinlari yuqori saviyada va murosasiz kurashlar ostida bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa davomida jamoalar g‘alaba uchun bor mahorati va imkoniyatlarini namoyon etib, muxlislarga unutilmas futbol lahzalarini taqdim etdi. Keskin bahslar, chiroyli gollarga boy final bosqichiga yanada o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.
Yakunda musobaqa g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. G‘olib jamoalar kubok, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi kubogi” uchun futbol musobaqasining final bosqichi g‘oliblari:
1-o‘rin – Sanepidqo‘m markaziy apparati jamoasi
2-o‘rin – Sanepidqo‘m Marg‘ilon shahar bo‘limi jamoasi
3-o‘rin – Sanepidqo‘m Xorazm viloyati boshqarmasi jamoasi
“Eng yaxshi o‘yinchi”, “Eng ko‘p gol urgan”, “Eng yaxshi darvozabon” nominatsiyalari g‘oliblari ham taqdirlandi.
“Eng yaxshi o‘yinchi” – “Oltin to‘p” sohibi M.Kamilov (Marg‘ilon shahar)
“Eng ko‘p gol urgan” – “Oltin butsa” sohibi N.Atabulayev (Jizzax viloyati)
“Eng yaxshi darvozabon” – “Oltin qo‘lqop” sohibi A.Nishonov (Sanepidqo‘m markaziy apparat)
Ushbu sport tadbiri orqali xodimlar o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish, korporativ madaniyatni rivojlantirish va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish ko‘zda tutilgan.
Bu kabi sport musobaqalari xodimlar o‘rtasida jamoaviylik, intizom va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qiladi.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee



