“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH DAVLAT SANITARIYA VRACHI KUBOGI” UCHUN FUTBOL MUSOBAQASINING FINAL BOSQICHI
2026-05-06 17:15:00 / Yangiliklar

2026 yil 7-8-may kunlari soat 08.00da “Bunyodkor” mashg‘ulotlar maydonida
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tizim tashkilotlari o‘rtasida o‘tkaziladigan “O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi” kubogi uchun futbol musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tadi.
- Unda hududiy boshqarma va tuman bo‘limlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 16 ta jamoalar g‘oliblik va kubok uchun o‘zaro bellashadi.
- Qizg‘in va murosasiz uchrashuvlarga boy bo‘lishi kutilayotgan turnirga barchaga omad tilaymiz!
Jamoalar ro‘yxati bilan yuqorida tanishishingiz mumkin.
Sanepidqo'mita Axborot xizmati
