RASMIY AXBOROT
2026-05-04 16:45:00 / Yangiliklar

So‘nggi kunlarda aholi orasida meningokokk infeksiyasi bilan bog‘liq holatlar yuzasidan murojaatlar kelib tushishi davom etayotgani kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan Sanepidqo‘mita quyidagilarni ma’lum qiladi.
Dunyo mamlakatlarida bo‘lgani kabi, respublikamizda ham meningokokk infeksiyasi asosan mavsumiy xususiyatga ega bo‘lib, kasallanish holatlari ko‘proq kuz va bahor oylarida, xususan fevral-mart oylarida qayd etiladi.
Sanepidqo‘mita tomonidan epidemiologik vaziyat ustidan doimiy nazorat o‘rnatilgan bo‘lib, barqarorlikni ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli profilaktik va sanitariya-epidemiologik chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu jumladan, bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar to‘liq emlash bilan qamrab olingan bo‘lib, ushbu shaxslar orasida kasallanish holatlari qayd etilmadi. Vaksinatsiyaga tibbiy qarshi ko‘rsatmasi mavjud bo‘lgan shaxslar esa shifokorlar nazorati ostida kimyoviy profilaktika tadbirlari bilan qamrab olinmoqda.
Shu o‘rinda, kasallikning asosiy belgilarini yana bir bor qayd etish maqsadga muvofiq:
- yuqori harorat (isitma);
- kuchli bosh og‘rig‘i;
- bo‘yin qotishi (bo‘yinni egish qiyin bo‘lishi);
- ko‘ngil aynishi yoki qusish;
- yorug‘likka sezgirlik;
- uyquchanlik, holsizlik;
- tutqanoq (ba’zan);
- tanada toshma paydo bo‘lishi (ayniqsa bakterial turida).
Bolalar va chaqaloqlardagi belgilari:
- tinmay yig‘lash;
- ovqat yemaslik;
- juda uyquchanlik yoki qo‘zg‘aluvchanlik;
- tanada qattiqlik.
Fuqarolarimizda ushbu belgilarning birortasi yoki bir nechtasi kuzatilsa albatta oilaviy shifokorlik punktlari, oilaviy poliklinika, yuqumli kasalliklar shifoxonalariga murojaat qilishlarini so‘raymiz.
Kasallikning oldini olish choralari:
- shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish;
- kasallik alomatlari kuzatilganda darhol shifokorga murojaat qilish;
- jamoat joylarida ehtiyot choralarini ko‘rish;
- "Haj" va "Umra" safarlariga chiqishdan oldin emlanish, safardan qaytgandan so‘ng ommaviy tadbirlarda ishtirokni vaqtincha cheklash;
- ixtiyoriy emlanishdan o‘tish;
- bemor bilan yaqin muloqotda bo‘lgan shaxslar shifokor nazoratida bo‘lishi hamda tibbiy ko‘rsatma asosida profilaktik choralar bilan qamrab olinishi.
Hozirgi kunda respublikaning barcha hududlarida vaksinatsiya markazlari mavjud bo‘lib, ularda aholini meningokokk infeksiyasiga qarshi emlash uchun yetarli vaksina zaxiralari hamda sharoitlar yaratilgan.
Shu o‘rinda, fuqarolardan ortiqcha xavotirga tushmasliklarini, epidemiologik vaziyat barqaror ekanligini inobatga olgan holda, faqat ishonchli va rasmiy manbalar orqali ma’lumot olishlarini so‘raymiz.
Ixtiyoriy emlanish uchun manzillar va aloqa raqamlari:
“IMMUNO C” vaksinatsiya markazi – Toshkent shahar, Chilonzor-2, Gagarin ko‘chasi, 11-uy (tel: 71-271-10-85, 71-277-99-90, 71-277-42-43);
“IMMUNO C” vaksinatsiya markazi – Toshkent shahar, Olmazor tumani, Taxtapul ko‘chasi, 341-A uy (tel: 95-142-75-75, 95-143-75-75);
“IMMUNO C” vaksinatsiya markazi – Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qorasaroy ko‘chasi, 341-uy (tel: 71-248-01-07, 71-248-00-13);
“IMMUNO C” vaksinatsiya markazi – Toshkent shahar, Mirobod tumani, Gospital dahasi, 10/1-uy (tel: 99-988-99-00);
“Immuno S” Qarshi filiali – Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, I.Karimov ko‘chasi, 371-uy, 40-xona (tel: 90-733-02-01);
“Gulnor M” xususiy klinikasi – Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumani, O‘zbekiston ko‘chasi 8-uy (tel: 90-733-02-01);
Shahrisabz shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika – Shahrisabzi shahar, Ipak yo‘li ko‘chasi, 108-uy (tel: 90-733-02-01);
Kitob bolalar poliklinikasi – Kitob tumani, Istiqlol ko‘chasi, 56-uy (tel: 90-733-02-01);
“HAYOT PLUS MED” MCHJ – Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, Shifokorlar ko‘chasi 2-k/d, 23-uy (tel: 94-161-31-37);
“LDS VAKSINA” MCHJ – Samarqand shahar, A.Temur ko‘chasi, 158-uy (tel: 99-418-62-55);
Termiz shahar 2-OP – Surxondaryo viloyati, Termiz shahar, Bo‘ston mahallasi, Baxt ko‘chasi 2-uy (tel: 90-520-91-81, 99-379-81-17);
Denov tuman 2-OP – Denov tumani, “Fayzli” mahallasi (tel: 99-132-22-08);
“IMMUNO LAB” MCHJ – Namangan shahar, Istiqlol ko‘chasi, 13-a uy (tel: 90-597-99-97);
“Immunitet Med Servis” MCHJ – Andijon viloyati, Andijon shahar, Boburshoh ko‘chasi, 5-uy (tel: 99-908-15-15);
“Healthcare Medical Group” MCHJ – Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, B.Marg‘inoniy ko‘chasi, 10-uy (tel: 94 481-59-19);
“Immunolab” MCHJ – Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahar, A.T.Ho‘qandiy ko‘chasi, 15-uy (tel: 90 550-52-10);
“Tibbiyot dunyosi” MCHJ – Urganch shahar, I.Karimov ko‘chasi, 49-uy (tel: 94-236-86-36);
“Tibbiyot dunyosi” MCHJ – Nukus shahar, A.Shamuratova ko‘chasi, 111-a uy (tel: 91-384-45-97, 93-368-64-44);
“Tibbiyot dunyosi” MCHJ – Buxoro shahar, Abu Ali Ibn Sino MFY, Bog‘i shamol ko‘chasi, 10a-uy (tel: 91-417-05-07);
Navoiy shahar 3-OP – A.Navoiy ko‘chasi, 35-a uy (tel: 97-321-03-71, 93-661-03-71);
Zarafshon shahar KTMP – Zarafshon shahar, 5-Kichik daha, Shifokorlar ko‘chasi, 3-qavat, 31-xona (tel: 97-321-03-71, 93-661-03-71).
Mamlakatimizdagi epidemiologik vaziyat va ko‘rilayotgan choralar haqida ishonchli manbalardan ma’lumot olishingizni so‘raymiz.
Sanepidqo'mita Axborot xizmati
