MUZQAYMOQ ISTE’MOL QILISH BORASIDAGI ZARUR TALABLAR VA FOYDALI TAVSIYALAR
2026-05-01 16:00:00 / Yangiliklar

Muzqaymoqlar yozning issiq kunlarida insonlar tomonidan sevib iste’mol qilinadigan, chanqoqbosdi, ozuqaviy qiymatga ega sut mahsulotlaridan sanaladi. U nafaqat chanqoqni bosadi, balki kayfiyatni ko‘taradi va organizmga ma’lum miqdorda energiya beradi.
Muzqaymoqlar Vazirlar Mahkamasining 407-sonli “Yuridik va jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazishni hamda ular tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan tartibda mahalliy hokimliklar tomonidan ajratilgan turg‘un va ko‘chma savdo nuqtalaridan sotilishiga ruxsat etiladi. Yumshoq (frezerli) muzqaymoqlar faqat turg‘un savdo nuqtalarida sotilishi shart.
Muzqaymoq sotuvchilar Sog‘liqni saqlash vazirligining 200-sonli buyrug‘i asosida tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari va maxsus kiyim bilan ta’minlanishlari shart.
Buni yodda tuting!
- Ko‘cha sharoitida sotiladigan ochiq muzqaymoqlardan ehtiyot bo‘lish kerak.
- gigiyena talablariga javob bermaydigan joylarda tayyorlangan mahsulotlar turli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin;
- ko‘cha-kuylar belgilanmagan joylarda sotilayotgan muzqaymoqlar, ayniqsa frezerli uskunalarda tayyorlangan muzqaymoqlarni xarid qilmang;
- аgar muzqaymoq erib, qayta muzlatilgan bo‘lsa, uning sifati pasayadi va mikroorganizmlar rivojlanishi xavfi ortadi;
- ko‘cha sharoitida sotiladigan ochiq muzqaymoqlardan ehtiyot bo‘lish kerak. gigiyena talablariga javob bermaydigan joylarda tayyorlangan mahsulotlar turli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin;
- erib qolgan, butunligi buzilgan muzqaymoqlarni sotishga ruxsat etilmaydi.
Muzqaymoqni iste’mol qilishda ayrim muhim talab va tavsiyalarga amal qilish sog‘liq uchun juda muhimdir. Jumladan:
• faqat ishonchli ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini tanlash tavsiya etiladi;
• хavfsizligi kafolatlanmagan, saqlash va savdo qoidalariga rioya etilmagan holda sotilayotgan muzqaymoqlarni iste’mol qilish natijasida, ovqatdan zaharlanishlar, o‘tkir yuqumli ichak kasalliklar kelib chiqishi mumkin;
• qadoqlangan muzqaymoqning ishlab chiqarilgan sanasi va saqlash muddati albatta tekshirilishi kerak;
• muzqaymoqlar sifati va xavfsizligini kafolotlovchi hujjatlari mavjud bo‘lganida savdo qilinishiga ruxsat etiladi.
• qadoqlangan muzqaymoqlar talab etilgan haroratda, ya’ni -18 darajada muzlatgichlarda saqlanishi shart;
Avvalo, muzqaymoq sifatiga e’tibor qaratish zarur. Faqat ishonchli ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini tanlash tavsiya etiladi. Qadoqlangan muzqaymoqning ishlab chiqarilgan sanasi va saqlash muddati albatta tekshirilishi kerak. Muddati o‘tgan yoki noto‘g‘ri saqlangan mahsulot sog‘liq uchun zararli bo‘lishi mumkin.
Foydali tavsiyalar
Muzqaymoqni juda tez iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Uni sekin-asta, kichik porsiyalarda yeyish tomoq va tishlar uchun foydaliroq. Juda sovuq mahsulotni tez yutish tomoq og‘rig‘i yoki shamollashga olib kelishi mumkin.
Shuningdek, muzqaymoqni och qoringa iste’mol qilishdan saqlanish kerak. Bu oshqozon faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Eng ma’quli – ovqatdan keyin yoki yengil tamaddidan so‘ng iste’mol qilish kerak.
Bolalarga muzqaymoq berishda ham ehtiyotkorlik zarur. Ularning immun tizimi hali to‘liq shakllanmaganligi sababli, sovuq mahsulotlar tez-tez kasallikka olib kelishi mumkin. Shu bois miqdorni me’yorida saqlash muhim.
Muzqaymoq – mazali va yoqimli shirinlik, ammo uni iste’mol qilishda sog‘lom yondashuv zarur. Mahsulot sifatini tekshirish, to‘g‘ri saqlash va me’yorida iste’mol qilish orqali muzqaymoqdan faqat foyda olish mumkin.
Sog‘lig‘ingizni asrang va har doim mahsulotni tanlang.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee
