GO‘SHT VA GO‘SHT MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISHGA QO‘YILADIGAN MAXSUS TALABLAR
2026-04-29 12:55:00 / Yangiliklar

So‘yilgan hayvonlarning ichki a’zolari va to‘qimalarining so‘yilgandan keyingi ifloslanishining oldini olish uchun:
– qo‘llar, pichoqlar, zirhli qo‘lqoplar va fartuklar ifloslanishiga qarab har 30 daqiqada kamida 1 marta yuviladi va dezinfeksiya qilinadi;
– tanani arralash uchun arraning polotnosi ifloslanishiga qarab 1 ish soatiga kamida 1 marta dezinfeksiya qilinadi;
- so‘yish mahsulotlari 15 minutdan kechiktirmasdan qayta ishlashga (ishlov berishga) yuboriladi.
Go‘sht xomashyosini muzdan tushirishga qo’yiladigan gigienik talablar:
Eritish jarayoni – xomashyo termik holatining manfiy haroratlardan +4 °C dan yuqori bo‘lmagan haroratga o‘tishi.
Muzdan tushirilgandan keyin yuzadagi bakteriyalar sonini kamaytirish uchun quyidagilar zarur:
– go‘shtni cho‘tkalar yordamida oqar suv bilan yuvish;
– tanalarni osma ilgaklarda yoki gigroskopik materialdan tayyorlangan bir martalik
choyshablar (sochiqlar) yordamida quritish.
Go‘shtda yoki submahsulotlarda yuqumli va parazitar kasalliklarga xos bo‘lgan patologik o‘zgarishlar aniqlanganda quyidagilar zarur:
– so‘yilgan mahsulotlarni laboratoriya tadqiqotlari natijalari olingunga qadar izolyatsiyalangan kameraga joylashtirish;
– asbob-uskunalar va ishlab chiqarish (maxsus) kiyimlarini zararsizlantirish (dezinfeksiya) qilish kerak.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee
