SANMINIMUM KURSLARIDA O‘QISH YANADA OSONLASHDI
2026-04-24 09:25:00 / Yangiliklar

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar diqqatiga! Endilikda siz va xodimlaringiz uchun sanminimum kurslarida o‘qish yanada osonlashdi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat qo‘mitasi tomonidan fuqarolarni gigiyenik o‘qitish va tarbiyalash bo‘yicha zamonaviy raqamli yechim sifatida https://study.sanepid.uz onlayn platformasi ishga tushirildi.
Hozircha platforma orqali go‘sht va go‘sht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari, non va un mahsulotlari, oziq-ovqat qo‘shimchalari, biologik faol qo‘shimchalar hamda tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning mansabdor shaxslari va xodimlari maxsus tayyorlangan kasbiy-gigiyenik o‘quv qo‘llanmalari orqali o‘qitiladi.
Platformada:
• sanitariya-gigiyena bo‘yicha o‘quv kurslari;
• interaktiv test sinovlari;
• masofaviy o‘qitish imkoniyatlari;
• o‘qishni muvaffaqiyatli yakunlaganlar uchun QR-kodli sertifikatlarni avtomatik shakllantirish tizimi joriy etilgan.
Shu munosabat bilan Siz rahbarlik qilayotgan tashkilot xodimlari uchun:
• majburiy gigiyenik o‘qitish jarayonlarini raqamlashtirish;
• sanitariya talablariga muvofiqlikni ta’minlash;
• tekshiruv jarayonlarida shaffoflik va tezkorlikni oshirish maqsadida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni taklif etamiz.
Sanitariya minimumi qonun bilan tartibga solinadigan profilaktika chora-tadbirlarining yagona majmui hisoblanadi.
Gigiyenik tayyorgarlikdan o‘tish fuqarolarning sog‘lig‘iga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan muayyan (dekretiv) kasb egalari uchun majburiydir.
Hamkorlik doirasida:
• xodimlaringiz platformada mavjud bo‘lgan tayyor o‘quv kurslari orqali mustaqil ravishda o‘qitiladi;
• ommaviy ro‘yxatdan o‘tkazish va o‘qitish jarayonlarini monitoring qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
• korxona kesimida hisobotlar va analitik ma’lumotlar taqdim etiladi.
Mazkur platformadan foydalanish orqali Siz:
• xodimlar malakasini oshirasiz;
• sanitariya me’yorlariga rioya etilishini kafolatlaysiz;
• nazorat organlari bilan ishlashda qulaylikka ega bo‘lasiz.
Hamkorlik shartlari va texnik imkoniyatlar yuzasidan batafsil ma’lumot berish uchun uchrashuv tashkil etishga tayyormiz.
Siz bilan samarali hamkorlik qilishdan mamnun bo‘lamiz.
Mulkchilik shaklidan qa’tiy nazar to‘lov-shartnoma asosida, mashg‘ulotlar onlayn va shaklda amalga oshiriladi.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee
