XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN: “O‘ZBEKISTONDA GEPATOLOGIYA MAKTABINING BAHORGI SESSIYASI – 2026”
2026-04-22 16:25:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 noyabrdagi «Tibbiy profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish orqali aholi salomatligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4891-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026 yil 17 fevraldagi 02-35/4170-sonli topshiriq xatlari ijrosini ta’minlash maqsadida yuqumli kasalliklar tarqalishiga qarshi kurashish, aholi salomatligini muhofaza qilish va xalqaro tajriba almashish maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti va O‘zbekiston gepatologlari assosiatsiyasi hamkorligida «O‘zbekistonda gepatologiya maktabining bahorgi sessiyasi – 2026» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad - turli soha mutaxassislari: infeksionistlar, epidemiologlar, virusologlar, umumiy amaliyot shifokorlari va ilmiy xodimlarning sa’y-harakatlarini yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda bilim va ilg‘or tajriba almashish, shuningdek, tashxis qo‘yish, davolash va oldini olish bo‘yicha yangi yondashuvlarni ishlab chiqish uchun birlashtirishdan iborat. Parenteral yo‘l bilan yuqadigan virusli gepatitlar va jamoat sog‘liqni saqlash sohasidagi xalqaro hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Anjumanda Rossiya Federatsiyasi, Belarus Respublikasi va AQSHdan yetakchi xorijiy mutaxassislar ishtirok etdi.
Anjuman ishtirokchilari va mehmonlarini O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Musabayev Erkin ochib berdi.
Tadbirda quyidagi ma’ruzalar tinglandi:
Favorov Mixail Olegovich - “Virusli gepatitlar:yuqumli kasalliklarni nazorat qilishda global muvaffaqiyat tarixi.”. (AQSH)
Semenov Valeriy Mixaylovich - “Kasalliklarni tashxislash va davolashda molekulyar-genetik texnologiyalar, yangi imkoniyatlar”. (Belarus Respublikasi)
Esaulenko Yelena Vladimirovna – “Turli endemiklikka ega mamlakatlarda virusli gepatit V: epidemiologik xususiyatlari va klinik imkoniyatlari”. (Rossiya Federatsiyasi)
Musabayev Erkin Isakovich – “Surunkali virusli infeksiyalarni davolashdagi yutuqlar va muammolar”. (O‘zbekiston Respublikasi)
Yegorov Sergey Konstantinovich, Semenov Valeriy Mixaylovich – “Infeksion jarayon rivojlanishining xususiyatlariga ta’sir etuvchi harakatchan genetik elementlar”. (Belarus Respublikasi).
Dmitrachenko Tatyana Ivanovna – “Odam viromining klinik ahamiyati”. (Belarus Respublikasi)
Lyatos Igor Aleksandrovich – “Uyushgan jamoalarda nafas olish a’zolari kasalliklari ”. (Belarus Respublikasi).
Zenkova Svetlana Konstantinovna – “Parenteral virusli gepatitlar,Belarus Respublikasi uchun dolzarbligi”. (Belarus Respublikasi).
Raximova Visola Shavkatovna – “Surunkali gevirusli gepatitlar В,С,D va jigar sirrozini tasxislash, va davolishning tasdiqlangan milliy klinik potokollari”. (O‘zbekiston Respublikasi)
Xalqaro va mahalliy ekspertlar (Rossiya, Belorussiya, AQSH va boshqalar) ishtirokidagi sessiya.
Asosiy masalalar bo‘yicha munozaralar: surunkali virusli gepatitlar va virus etiologiyali jigar sirrozlarini tashxislash va davolash bo‘yicha yangilangan protokollar, O‘RVI, infeksion jarayon rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarida mobil genetik elementlar, kasalliklarni tashxislash va davolashda molekulyar-genetik texnologiyalar.
O‘tkazilgan anjuman infeksion patologiyaning dolzarb muammolarini muhokama qilish, kasbiy tajriba almashish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim maydonga aylandi. Tadbir davomida ishtirokchilar ilg‘or ilmiy ishlanmalarni amaliy sog‘liqni saqlashga joriy etish muhimligini ta’kidladilar, bu esa profilaktika samaradorligi va aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi.
Xalqaro tashkilotlar vakillari O‘zbekiston bilan sog‘liqni saqlash va yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
Anjuman O‘zbekistonning sog‘liqni saqlash tizimi barqarorligi va fuqarolar salomatligini himoya qilishning asosiy omillaridan biri sifatida global tajribani integratsiya qilish va infeksiyalarga qarshi kurash usullarini doimiy ravishda takomillashtirishga sodiqligini yaqqol namoyish etdi. Tadbir sog‘liqni saqlash oldida turgan zamonaviy tahdidlar sharoitida ilmiy muloqotni rivojlantirish va xalqaro sheriklikni mustahkamlashda muhim bosqich bo‘ldi.
Anjuman davomida ommaviy axborot vositalari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee




