CHUQURSOYDA MAXSUS-TAKTIK O‘QUV MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI
2026-04-15 12:30:00 / Yangiliklar

Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan “Chuqursoy” temir yo‘l stansiyasida muhim va dolzarb mavzuda maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida davlat chegara-bojxona postlari orqali kontrabanda yo‘li bilan kirib kelishi mumkin bo‘lgan ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aniqlanganda harakat qilish tartibi amaliy tarzda sinovdan o‘tkazildi.
Unda Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Radiologiya laboratoriyasi mutaxassislari ham faol ishtirok etib, radiatsion xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyon etdi.
Sanepidqo'mita Axborot xizmati
