OCHIQLIK INDEKSI – 2025: SANEPIDQO‘MITA YASHIL TOIFADA
2026-04-14 12:30:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-154-sonli Farmoniga muvofiq, 2022 yildan boshlab davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik darajasi hamda shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi har yili “Ochiqlik indeksi” asosida baholab kelinmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2025 yilda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha “Ochiqlik indeksi”ning yakuniy natijalari e’lon qilindi.
2025 yil yakuniy natijalariga ko‘ra, Sanepidqo‘mita mazkur reytingda yuqori ball olib, yashil toifaga o‘tdi. Mazkur natija Sanepidqo‘mita tomonidan axborot ochiqligini ta’minlash, jamoatchilikni o‘z vaqtida xabardor qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda ochiq boshqaruv tamoyillarini izchil joriy etish borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning amaliy natijasi hisoblanadi.
Sanepidqo‘mita kelgusida ham ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy amal qilgan holda, faoliyat samaradorligini yanada oshirish hamda jamoatchilik bilan ochiq muloqotni davom ettirishni maqsad qilgan.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee
