KORONAVIRUS: O‘ZBEKISTONDA 11-MART KUNI ILK BEMOR ANIQLANGAN
2026-03-11 17:30:00 / Yangiliklar

2020-yil mart oyida O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq ilk holat qayd etilgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus aniqlangan birinchi bemor ayol bo‘lib, u 11-mart kuni “Parij – Toshkent” aviqatnovi orqali mamlakatimizga kelgan.
Shundan so‘ng sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tezkor epidemiologik choralar ko‘rildi: bemor bilan aloqada bo‘lgan shaxslar aniqlanib, tibbiy kuzatuvga olindi. Kasallik tarqalishining oldini olish bo‘yicha qat’iy nazorat choralari joriy etildi.
Ushbu voqea pandemiya davrida sanitariya-epidemiologiya sohasi xodimlari, shifokorlar va mutaxassislarning muhim va mas’uliyatli faoliyatini yana bir bor namoyon etdi.
Bugungi kunda esa o‘sha tajribalar asosida yuqumli kasalliklarning oldini olish, epidemiologik xavfsizlikni ta’minlash va aholi salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee
