MENINGIT KASALLIGI PROFILAKTIKASI
2026-03-03 15:05:00 / Yangiliklar

Meningit — bu bosh va orqa miya pardalarining yallig‘lanishi bilan kechadigan, o‘ta xavfli va tez rivojlanuvchi yuqumli kasallikdir.
Asosiy belgilari:
- Tana haroratining birdan ko‘tarilishi.
- Chidab bo‘lmaydigan darajadagi og‘riq va ko‘ngil aynishi, qusish.
- Bemor boshini oldinga egib, iyagini ko‘kragiga tekkiza olmaydi.
- Yorqin chiroqqa qaray olmaslik (fotofobiya).
- Terida bosilganda yo‘qolmaydigan to‘q qizil yoki binafsharang toshmalar paydo bo‘lishi.
Oldini olish choralari:
-- Emlanish — kasallikdan himoyalanishning eng ishonchli usulidir.
-- Qo‘llarni tez-tez sovunlab yuvish, shaxsiy idish-tovoq, tish cho‘tkasi va sochiqlardan alohida foydalanish.
-- Kasallik alomatlari bor odamlar bilan yaqin muloqotdan qochish.
-- Uy va ish joylarini muntazam shamollatish hamda namli tozalov ishlarini o‘tkazish.
-- Immunitetni mustahkamlash — sog‘lom ovqatlanish, yetarlicha dam olish.
Sanepidqo'mita Axborot xizmati
