YOSHLAR UCHUN YANGI IMKONIYATLAR
2026-03-03 11:05:00 / Yangiliklar

Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar: startap va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash kuchaytiriladi!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Startaplarni qo‘llab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab o‘quvchilar va talabalar uchun biznes va startap ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan yangi tizim joriy etiladi.
“Mohirlik va biznes soati”
9–11-sinf o‘quvchilari hamda kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun har oy kamida 2 marta startap g‘oya yaratish mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.
“Eng yaxshi startap g‘oyasi” tanlovi
• tuman bosqichi g‘oliblariga — 5 mln so‘mgacha
• viloyat bosqichi g‘oliblariga — 10 mln so‘mgacha mukofot
• loyihalarga Yoshlar ishlari agentligi va IT Park hamrohlik qiladi.
G‘oyalar taqdimoti
Har chorakda loyihalar ota-onalar, biznes vakillari va olimlarga taqdim etiladi.
Mahsulotlarni sotish imkoniyati
Ta’lim muassasalarida yaratilgan mahsulotlar marketing platformalari orqali sotuvga chiqariladi.
Kraudsorsing tizimi (2026-yil 1-apreldan)
Davlat tashkilotlari muammolar yechimi uchun ochiq tanlovlar e’lon qiladi va har oy “Startap kuni” uchrashuvlari o‘tkaziladi.
“Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovi
• OTMlarda o‘tkaziladi
• g‘oliblarga 100 mln so‘m grant
• umumiy mukofot jamg‘armasi — 10 mlrd so‘m.
Startap g‘oliblari uchun qo‘llab-quvvatlash
• 20 ming AQSH dollarigacha investitsion qarz (venchur jamg‘armalari orqali)
• raqamli startaplar uchun 10 ming AQSH dollarigacha grant.
Endi yoshlar o‘z g‘oyasini nafaqat yaratishi, balki uni haqiqiy biznesga aylantirish imkoniga ega!
Sanepidqo'mita Axborot xizmati
