YANGI SANITARIYA QOIDALARI, NORMALARI VA GIGIYENA NORMATIVLARI ISHLAB CHIQILDI VA TASDIQLANDI
2026-02-27 14:55:00 / Yangiliklar

“Oziq-ovqat mahsulotlarining mikrobiologik ko‘rsatkichlari bo‘yicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 0107-26-son sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (SanQvaN) O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlanib, Adliya vazirligi tomonidan hisobga olindi (386-son, 04.02.2026 y.)
Mazkur SanQvaN JST ning SFS choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi bitimi, Alimentarius Kodeksi standartlari va boshqa xalqaro talablarga uyg‘unlashtirilgan holda ishlab chiqildi.
Mazkur qaror loyihasi:
-oziq-ovqat mahsulotining mikrobiologik mezonlarini;
-oziq-ovqat mahsulotini mikrobiologik mezonlarga muvofiqligini;
-oziq-ovqat mahsulotidan namuna olishni;
-laboratoriya tahlillarini o‘tkazishni;
-olingan namunalar natijalarini baholashga doir sanitariya-gigiyena talablarini belgilaydi.
Shu bilan birga, hamda go‘sht va go‘sht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari, tuxum, baliq, sabzavotlar, mevalar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar, iste’molga tayyor oziq ovqat mahsulotlari, go‘daklar uchun quruq aralashmalar va olti oygacha bo‘lgan bolalar uchun maxsus tibbiy ehtiyojlarga mo‘ljallangan quruq parhez aralashmalari, iste’molga mo‘ljallangan maysalarni Listeria monocytogenes, Cronobacter spp (Enterobacter sakazakii), E.coli, Shiga toksini ishlab chiqaruvchi E. coli (STEC) O157, O26, O111, O103, O145 va O104: H4 shtammlarini mikrobiologik ko‘rsatkichlarga muvofiqligini tekshirish kabi ko‘rsatkichlar keltirilgan.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee
