JAHON SOG‘LIQNI SAQLASH TASHKILOTI NIPAHNING GLOBAL MIQYOSDA TARQALISH XAVFINI PAST DEB BAHOLAMOQDA
2026-02-20 15:45:00 / Yangiliklar

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan ushbu infeksiya xavfi yuqori bo'lgan mamlakatlar ro'yxati doimiy ravishda ko'rib chiqib yangilanib borilmoqda.
Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi mutaxassislari Hindistonda Nipah virusi tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatni kuzatmoqda va profilaktika maqsadida mamlakatimiz chegaralaridagi barcha oʻtkazish punktlarida sanitariya-karantin nazorati kuchaytirildi. Kasallik holatlari qayd etilgan Hindiston va boshqa Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlaridan kelgan fuqarolarga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
🇺🇿Mamlakatimizda tibbiyot muassasalari, shoshilinch tibbiy yordam brigadalari va yuqumli kasalliklar shifoxonalari chetdan kirib kelish mumkin bo‘lgan har qanday infeksiyalar boʻyicha shay holatda bo‘lib, dori-darmonlar, shaxsiy himoya vositalari va dezinfektsiyalash vositalarining shoshilinch zahiralari yaratilgan.
Kasallik tarqalishini oldini olish uchun ushbu infeksiya xavfi yuqori bo‘lgan mamlakatlarga sayohat qilishni rejalashtirayotgan fuqarolarga shaxsiy profilaktika choralarini ko'rishlari va quyidagi tavsiyalarga amal qilish muhimligini eslatib o‘tamiz:
- Avvalo shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya eting;
- mevalarni iste’mol qilishdan oldin yaxshilab yuving;
- sayohatga borgan bo‘lsangiz, tayyorlanishi no'malum bo‘lgan ochiq holda sotilayotgan salqin ichimliklarni sotib olmang;
- yangi siqilgan xurmo sharbatini qaynatib iching;
- asosiysi ko‘rshapalaklar tirnashi yoki tishlashi natijasida teshilgan mevalarni iste’mol qilmang.
Har qanday kasallikning oldini olishda belgilangan qoida va tavsiyalarga amal qilish muhim hisoblanishini unutmang.
Sanitariya-epidemiologiyk osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi shuni alohida ta'kidlaydiki, NIPAH virusi O'zbekistonda qayd etilmagan. Epidemiologik vaziyat barqaror!
Sanepidqo'mita Axborot xizmati
