RESPIRATOR INFEKSIYALARDAN HIMOYALANISH BO‘YICHA 5 TA TAVSIYA
2026-02-06 17:05:00 / Yangiliklar

1. Qo‘lingizni muntazam ravishda sovunlab yuving
Gigiyena gripp va O‘RVI profilaktikasining kalitidir. Qo‘llarni yuvish patogenlarni samarali olib tashlaydi! Agar sovun bo‘lmasa, spirtli antiseptiklardan foydalaning. Yuzalarga ishlov berishni unutmang (stollar, eshik tutqichlari va boshqalar).
2. Masofaga rioya qiling ️
Boshqalardan kamida 1,5 metr masofada turing. Qo‘llaringiz bilan yuzga tegmang va jamoat joylarida niqob taqing. Yo‘talganda yoki aksirganda og‘iz va burunni bir marta ishlatiladigan salfetkalar bilan yoping.
3. Sog‘lom turmush tarzini olib boring
Immunitetni mustahkamlang, yetarlicha uxlang, to‘g‘ri ovqatlaning va jismoniy faollik bilan shug‘ullaning.
4. Tibbiy niqoblardan foydalaning
Jamoat joylarida va bemorlarni parvarish qilishda niqob taqing. Niqobni qanday to‘g‘ri taqish kerak:
• Yuzga zich yopishib, og‘iz va burunni yopishi kerak.
• Yechishdan oldin albatta qo‘lingizni yuving.
• Niqobni har 2 soatda almashtiring va bir martalik niqobni qayta ishlatmang.
5. Kasal bo‘lganda nima qilish kerak?
Agar O‘RVI belgilari paydo bo‘lsa, uyda qoling va shifokorga murojaat qiling. Uning tavsiyalariga amal qiling va yotoq rejimiga rioya qiling.
O‘zingizni ehtiyot qiling!
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee
