MUZLATILGAN GO'SHTDAN KABOB TAYYORLASH MUMKINMI?
2026-02-06 11:10:00 / Yangiliklar

Go‘sht - yil davomida taomnomamizdan o’rin olgan mahsulot turiga kiradi.
Mazali kabobning siri faqat marinadda emas, garchi u xushbo‘y hid bersa ham. Agar sifatli go’sht tanlanmasa marinad yaxshi bo’lsa ham kabob juda quruq va qattiq bo‘lib chiqadi.
Go‘shtni ruxsat etilmagan savdo nuqtalaridan yoki yo‘l bo‘yidagi mashinalardan sotib olmang! Bunday sotuvchilar ko‘pincha hujjatlarga ega bo‘lmaydilar, bu esa kasal hayvonlarning go‘shtini sotib olishga olib kelishi mumkin va salmonellyoz va brutsellyoz kabi infeksiyalar xavfini oshiradi.
Kabob uchun go‘sht tanlashda mahsulot turi va uning yangiligini hisobga olish muhim.
Eng yaxshi tanlov - veterinariya-sanitariya laboratoriyasi mutaxassislari sifatini nazorat qiladigan do‘konlar yoki bozorlardan olingan go‘sht.
Quyidagi sifatlariga e’tibor bering:
- Rangi: och qizildan to‘q qizilgacha. To‘q dog‘li yoki yashil tusli go‘shtlarni iste’mol qilmang.
- Hidi: yoqimsiz bo‘lmasligi kerak.
- Konsistensiyasi: yangi go‘sht biroz nam va ushlab ko‘rganda silliq bo‘ladi. Kesilganda tiniq qip-qizil shira ajralib chiqadi.
Tanlash uchun maslahatlar:
- Kabob uchun qaysi go‘shtni tanlamang, eng muhimi, uning yangiligidir. Go‘shtda shilimshiq, qon, suyuqlik bo‘lmasligi kerak. Har bir bo‘lak elastik va tekis bo‘lishi kerak.
- Go‘shtni bosib ko’ring, agar u tezda shaklga qaytsa - yangi!
- Agar go‘sht yuzasi shilliq, yopishqoq bo‘lsa, bu xariddan voz kechish kerak.
Yaxlatilgan go‘sht kabobga to‘g‘ri kelmaydi, chunki u tuzilishini yo‘qotadi, yumshoq va bo‘sh bo‘lib qoladi. Har qanday begona hidlar, sarg’ish, to‘q qizil rang go‘shtning yangi emasligidan dalolat beradi, shuning uchun bunday go‘shtni kabobga olish kerak emas.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee
