MAHSULOTLARNI MUZLATGICHDA SAQLASH QOIDALARI
2026-01-13 17:35:00 / Yangiliklar

Muzlatish - mahsulotlarni uzoq muddat saqlashning ajoyib usuli! Ammo ular o‘zlarining ta’m sifatlari va tashqi ko‘rinishini yo‘qotmasligi uchun bir nechta qoidalarga rioya qilish kerak.
Saqlash muddatlari
• Non - 1 oy
• Sabzavotlar - 1-yil
• Mevalar - 8-12 oy
• Baliq - 3-6 oy
• Go‘sht - 2-9 oy
• Tovuq va kurka - 3 oy
Muzlatishdan oldin tayyorlash
• Sabzavotlarni yaxshisi qaynoq suvda br oz ushlab turish kerak.
• Namligi yuqori bo‘lgan mahsulotlarni (salat, pomidor, bodring) muzlatib bo‘lmaydi, ammo qirg‘ichdan chiqazilgan yoki blendr yordamida ezilgan pomidorlarni muzlatish mumkin.
• Mevalarni bo‘laklarga bo‘lish kerak – bananlarni po‘stlog‘idan, nok va olmalarni urug‘idan ajratish, uzum va rezavor mevalarni esa butunligicha muzlatish mumkin.
Baliq va go‘sht
• Yog‘siz baliqlarni 6 oygacha, yog‘lilarini 3 oygacha saqlash mumkin.
• Qo‘y go‘shti va qiyma - 3 oy, mol go‘shti - 9 oygacha.
• Dukkaklilar (loviya, no‘xat) ni 3 oygacha muzlatish mumkin.
Qadoqlash
Mahsulotlar sifatini saqlab qolishi uchun ularni muzlatishdan oldin qadoqlagan ma’qul.
Vakuumli qadoqlash - ideal variant!
Harorat
Muzlatgichda harorat -18 °С dan oshmasligi kerak.
Qayta muzlatish
Sovutgichda eritilgan mahsulotlarni termik ishlov bermasdan qayta muzlatish mumkin, ammo sifati pasayishi mumkin.
Muzdan tushirish bo‘yicha maslahat
Mahsulotlar tarkibidagi vitaminlarini saqlash uchun muzxonadan olib, muzlatgich ichiga qo‘yib eriting.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee
