EMLASH BACHADON BO‘YNI SARATONINI OLDINI OLADI, SKRINING ESA SARATONNI ERTA ANIQLASH IMKONINI BERADI
2026-01-07 11:35:00 / Yangiliklar

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, har yili dunyo miqyosida 570 mingdan ortiq ayolda bachadon bo‘yni saratoni birinchi bor qayd etilgan, shulardan 311 mingtasi ushbu kasallik oqibatida vafot etadi. Bu borada O‘zbekistonda vaziyat qanday?
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra butun dunyoda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham bachadon bo‘yni saratoni barcha yoshdagi ayollar o‘rtasida ko‘krak bezi saratonidan keyingi o‘rinda turadi va keng tarqalgan saraton xastaligi hisoblanadi. Tug‘ish yoshidagi ayollar (18-45 yosh) orasida kasalliklardan o‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha esa bachadon bo‘yni saratoni ko‘krak bezi saratonidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekistonda bachadon bo‘yni saratoni har 100 ming nafar ayoldan 11 nafarida uchraydi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining aholi fondi (UNFPA) ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekistonda 2021 yildagi ma’lumotlarga ko‘ra 1827 nafar ayolda bachadon bo‘yni saratoni aniqlangan va ulardan 997 nafari ushbu saratondan vafot etgan.
UNFPA tomonidan O‘zbekistonda bachadon bo‘yni saratoni bilan kasallanishni va undan bo‘lgan o‘lim ko‘rsatkichlarini tahlili shuni ko‘rsatadiki, kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlari oshib boradi va 2030 yilga kelib 2100 ta ayolda bachadon bo‘yni saratoni kuzatiladi va o‘limlar soni 1300 taga yetadi.
O‘zbekistonda aynan qaysi yoshdagi ayollar bachadon bo‘yni saratoniga chalinish holati kuzatilmoqda?
Sog‘liqni saqlash vazirligi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga O‘zbekistonda bachadon bo‘yni saratoniga chalinish ko‘proq 35-55 yoshli ayollar orasida kuzatilmoqda.
Bepul tekshiruvlar har yili tashkil etiladimi?
Ushbu kasallikka chalinmasliklari uchun ayollarga qanday tavsiyalar beriladi?
2023 yildagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi salomatligi-2030” milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarorining amaliy chora-tadbirlar rejasiga ko‘ra onkologik kasalliklarni erta bosqichda aniqlash uchun yiliga 3 million kishini skrining o‘tkazish va 35-65 yoshdagi ayollarni bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoni uchun skrining bilan qamrovni 70% ga oshirish belgilangan.
2024 yil 22- noyabrdagi «Ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi PQ 402-sonli Qarorga ko‘ra 30 yoshdan oshgan ayollar har 10 yilda inson papillomasi virusiga test topshiradi, 45 yoshdan 65 yoshgacha esa har ikki yilda mammografiyadan o‘tadi.
30–50 yoshdagi ayollarda bachadon bo‘yni saratoni skriningi odam papillomasi virusini polimeraza zanjirli reaksiya tekshiruvi usuli orqali aniqlash hamda suyuqlik sitologiyasi usulida tekshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, aytib o‘tilgan kasallanish va o‘lim darajasi yuqori bo‘lishiga qaramasdan odam papilloma virusi yuzaga keltiradigan bachadon bo‘yni saraton oldi kasalliklarini to‘liq davolash imkoni mavjud.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra bachadon bo‘yni saratoni 90% holatlarda odam papilloma virusi tomonidan chaqirilgan infeksiyalardan boshlanadi.
Saraton rivojlanishini dastlabki bosqichlarida aniqlansa uni ham to‘liq tuzatish imkoniyatlari mavjud.
Bachadon bo‘yni saratonini qizlarni odam papilloma virusiga qarshi emlash orqali ham oldini olish mumkin.
O‘zbekistonda 9-14 yoshli qizlarni odam papilloma virusiga qarshi emlash ishlari 2019 yilda boshlangan bo‘lib, Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra 94% qizlar emlangan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ayollarga bachadon bo‘yni saratoniga chalinmasliklari uchun 25-49 yosh davrlarida har 3 yilda, 50-64 yosh davrlarida esa har 5 yilda skrining tekshiruvlaridan o‘tib turishlari tavsiya etiladi.
Qizlarni kelajakda bachadon bo‘yni saratonidan kasalligidan saqlash uchun esa ularni 9-14 yosh davrida odam papilloma virusiga qarshi emlash tavsiya etiladi.
VPCH ga qrashi vaksina nima uchun kerak?
Odam papilloma viruslariga qarshi emlash bachadon bo‘yi saratoniga chalinishni 90% holatlarni oldini olishga qaratilgan.
VPCH ga qarshi vaksina qanday ta’sir ko‘rsatadi?
VPCH vaksina bilan emlashdan keyin inson organizmi virusga qarshi tanachalar ishlab chiqaradi. Agar virus qachondir organizmga kiradigan bo‘lsa unga qarshi himoya tizimi ishlab chiqiladi.
Bugungi kunga kelib VPCH ga qarshi vaksina qanday natijalar berdi?
VPCH vaksina bilan emlash natijasida samaradorlik kuzatilmoqda. Avstraliya, Belgiya, Germaniya, Shvesiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Yangi zelandiyada olib borilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra emlangan ayollar orasida bachadon bo‘yi patologik o‘zgarishlari yuzaga kelish xollari kamayishi yana xam aniq kuzatildi. Avstraliya va Daniya davlatlarida kasallanish 80%gacha pasayishi kuzatildi.
Vaksina kerakli tarzda sinovdan o‘tkazilganmi?
Xar qanday vaksina kabi VPCH vaksina ham amaliyotda qo‘llanishdan oldin klinik tadqiqotlardan sinovdan o‘tkazilgan. Vaksina JSST tomonidan sertifikatsiyalangan. 102ta davlatda bugungi kunda 270 milliondan ziyod vaksina dozasi ishlatilgan. Emlashdan keyin nojo‘ya holatlar ro‘yxatga olinmagan.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee
