KREMLI KONDITER MAHSULOTLARI QANDAY SAQLANADI?
2025-12-24 14:45:00 / Yangiliklar

Kremli konditer mahsulotlari (tortlar, pirojniylar va boshqa shirinliklar) tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlari toifasiga kiradi. Ularni noto‘g‘ri saqlash inson salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirishi, ovqatdan zaharlanish holatlariga olib kelishi mumkin.
Saqlash muddatlari va shartlari nimalarga bog‘liq?
Pirojniy va tortlarning yaroqlilik muddati ularning turiga va tarkibidagi masalliqlarga bog‘liq. Yo‘l qo‘yiladigan saqlash muddatiga ta’sir qiluvchi bir nechta omillarni sanab o‘tish mumkin:
Tarkibida ko‘pirtirilgan qaymoq yoki ko‘pirtirilgan smetana borligi. Bunday qandolat mahsulotlarini faqat 6 soat saqlash mumkin. Odatda, ular bevosita sotuvdan oldin individual buyurtmalar bo‘yicha tayyorlanadi.
Tarkibida konservantlar borligi. Masalan, agar sariyog‘li krem qo‘shilgan qandolat mahsulotlarida sorbin kislotasi bo‘lsa, u holda ruxsat etilgan saqlash muddati xona haroratida 36 soatgacha, muzlatgichda 120 soatgacha bo’ladi.
Sanepidqo'mita Axborot xizmati
