"RESPIRATOR PATOGENLARNI EPIDEMILOLGIK NAZORAT QILISH” MAVZUSIDA MILLIY YIG‘ILISH BO‘LIB O‘TDI"
2025-12-12 13:50:00 / Yangiliklar

Hozirgi kunda barcha respirator infeksiyalarning 76 foizini o‘tkir respirator infeksiyalar tashkil etmoqda. Shu munosabat bilan yig‘ilishda bu muammoni hal etishda barcha vazirlik va idoralar ishtirok etishi kerakligi ta’kidlab o‘tildi.
Mutaxassislar tomonidan tayyorlangan “Gripp va O‘RI global yuki: ko‘lami, tendensiyalari, xavf hududlari”, “Gripp va O‘RI viruslarining global aylanishi: pandemiyalar, zoonozlar va o‘zgaruvchanlikning ta’siri”, “Dozor epidemiologik nazorati rivojlanishining zamonaviy bosqichi: global mexanizmlar, mintaqaviy xavf-xatarlar va O‘zbekistonning roli” mavzularidagi ma’ruzalar tinglandi.
Yig‘ilish so‘ngida “O‘zbekiston Respublikasida pandemiya salohiyatiga ega o‘tkir respirator patogenlar tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan Milliy reja” taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish qizg‘in bahs-munozaralar bilan yakunlandi.
Sanepidqo‘mita Axborot xizmati
@sanepidcommittee


