
Jamoatchilik nazorati
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari jamoatchilik nazoratining subyektlari hisoblanadi. Jamoatchilik nazorati qonun hujjatlariga muvofiq jamoat kengashlari, komissiyalar va boshqa jamoat tashkiliy tuzilmalari tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.


