Jamoatchilik kengashi
Qo‘qon shahrida mahalliy davlat boshqaruvi organlari va jamoatchilik o‘rtasida muloqot o‘rnatish, aholiga davlat organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar ustidan samarali jamoatchilik nazoratini tashkil etish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 iyul kungi “Davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari tuzish to‘g‘risida”gi PQ-3837 sonli qarori hamda 2020 yil 3 mart kungi “2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi PF-6181 sonli farmonida belgilangan vazifalarni bajarish hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6, 25-moddalariga asosan 2021 yil, 16 dekabrda Qo'qon shahar hokimining "Qo‘qon shahar xokimligi huzuridagi Jamoat Kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi" 216-11-166-Q/21 sonli qarori qabul qilingan.
Ushbu qaror bilan
1.) Qo‘qon shahar hokimligi huzuridag “Jamoatchilik Kengashi” azolari ro'yxati (tarkibning 55 foizi nodavlat notijorat tashkilotlari vakillaridan tashkil topgan)
2.) Qo‘qon shahar hokimligi huzuridagi jamoatchilik Kengashi to‘g‘risidagi NIZOM
3.) Qo‘qon shahar hokimligi huzuridagi Jamoatchilik Kengashi a’zolarining ODOB-AXLOQ QOIDALARI tasdiqlangan
4.) Qo'qon shahar hokimligi huzuridagi Jamoatchilik Kengashining 2025 yilga rejasi
5.) Qo'qon shahar hokimligi huzuridagi Jamoatchilik Kengashi tomonidan o'tkazilgan tadbirlarni OAV va boshqa axborot manbaalarida yoritilishi
