Qo‘qon shahrida sodir etilgan jinoyatlar muhokama etildi
2026-07-02 13:10:00 / Yangiliklar
Mahalla va ta’lim tizimi mutasaddilari, uchastka nozirlari hamda kun tartibidagi masalalarga aloqador boshqa mas’ullar ishtirokida bo‘lib o‘tgan muhokamada Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham ishtirok etdi.

Muhokamada sodir etilgan jinoyatlarga sabab bo‘lgan omillarga e’tibor qaratilib, o‘z faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan mutasaddilarning xatti-harakatlariga baho berildi.
Muloqot chog‘ida farzand tarbiyasi, ta’lim-tarbiya jarayonida ota-onalar va pedagoglarning mas’uliyati, mahallada nuroniylar va faollarning o‘rni, jamiyatdagi yurish-turish qoidalariga amal qilish, qonunga itoatkor kelajak avlodni tarbiyalash masalalariga ham e’tibor qaratilib, mas’ullarga vazifalar belgilab berildi.






