Qo‘qon shahrida yashirin iqtisodiyotga barham berish choralari ko‘rilmoqda
2026-05-07 07:05:00 / Yangiliklar
Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, mutasaddilar hamrohligida, sanoat bozorlarida tadbirkorlar bilan muloqot qilib, mamlakatimizda biznes uchun yaratilgan keng imkoniyatlar, joriy etilgan yangi soliq stavkalari, elektron to‘lov tizimlari xususida ma’lumot berib, barcha biznes subyektlarini qonuniy faoliyat olib borishga chaqirdi.

Marufjon Usmonov tadbirkorlarning muammo-masalalarini ham o‘rganib, mas’ullarga vazifalar belgilab berdi.






