
Savdo
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (ISSV) tashqi savdo sohasida mamlakatning eksport salohiyatini kengaytirish, eksportyorlar va importyorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, savdo tartib-taomillarini takomillashtirish hamda xorijiy bozorlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan tizimli siyosatni amalga oshirmoqda.
Ushbu faoliyat O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarini mustahkamlash va global savdoda ishtirokini kengaytirishga qaratilgan umumiy strategiya bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, investitsiyalarni ham o‘z ichiga olgan, iqtisodiy faollik dinamikasini aks ettiruvchi batafsil rasmiy ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasining portalida taqdim etilgan.
Huquqiy bazani to‘liq o‘rganish va amaliy faoliyatda qo‘llash uchun O‘zbekiston Respublikasining milliy huquqiy axborot tizimi Lex.uz portalidan tegishli bo‘limlarga murojaat qilish muhim ahamiyatga ega. Ushbu portalda asosiy sohalar bo‘yicha amaldagi qonunlar, huquqiy aktlar va izohli materiallar to‘plangan bo‘lib, ular investorlar va tadbirkorlar uchun huquqiy me’yorlarni aniqlash, moliyaviy faoliyatni rejalashtirish va xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda zaruriy manba hisoblanadi. Bu bo‘limlar orqali banklar faoliyati, kredit munosabatlari, investitsiyalar, tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi huquqiy hujjatlar bilan tanishish mumkin.



