Eksportchilar uchun interaktiv xizmatlar
O‘zbekiston Respublikasida eksportyorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Eksportchilarning aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun kreditlar berish, ilgari to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i mablag‘larini qaytarish, tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan ta’minlash, eksport jarayonida standartlashtirish masalalari va boshqa muammolarini tezkorlik bilan hal etuvchi “Eksport shtab”i faoliyat yuritmoqda.
Davlat eksportchilarni bevosita qoʻllab-quvvatlashi uchun quyidagi choralar koʻrilmoqda: transport xarajatlarini qoplash uchun mablagʻ toʻlash, sugʻurta xizmatlaridan garov sifatida foydalanishda sugʻurta mukofoti qiymatini qoplash, xalqaro standartlar va sertifikatlarni joriy etish uchun moliyaviy yordam koʻrsatish, xalqaro koʻrgazma va yarmarkalarni tashkil etish uchun moliyaviy yordam koʻrsatish, meva-sabzavot, toʻqimachilik mahsulotlari va tovarlarni eksport qilish uchun vakolatli organlar tomonidan zarur sertifikatlar berish bilan bogʻliq kompensatsiya xarajatlari, davriy nashrlarga obuna boʻlish, taqdimot va reklama kampaniyalarini oʻtkazish uchun moliyaviy yordam koʻrsatish, eksportdan oldin moliyalashtirish uchun kreditlar ajratish kabilar.
Quyidagi havolalar orqali kerakli yordam yoki ma’lumotlarnini olishingiz mumkin:
Savdoni rivojlantirish kompaniyasi
Eksport portali
Tashqi savdo ishtirokchilari uchun yagona oyna
