Vazirlik faoliyatiga doir hujjatlar

Vazirlik faoliyatiga oid hujjatlar
Ushbu bo‘limda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining faoliyatini tartibga soluvchi hamda uning vakolatlari, funksiyalari va asosiy faoliyat yo‘nalishlarini belgilovchi normativ-huquqiy va tashkiliy hujjatlarning tizimlashtirilgan to‘plami taqdim etilgan. Mazkur hujjatlar vazirlik faoliyatining huquqiy asoslarini, davlat siyosatini amalga oshirish mexanizmlarini hamda vazirlik tomonidan qabul qilinadigan qarorlar va tashabbuslarning tartibini qamrab oladi.
Foydalanuvchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida vazirlik faoliyatiga bevosita taalluqli bo‘lgan asosiy qonunlar, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, idoraviy hujjatlar hamda xalqaro shartnomalar jamlangan. Ushbu bo‘lim vazirlik faoliyatini tartibga soluvchi amaldagi hujjatlarni tezkor topish, ularning mazmuni bilan tanishish hamda normativ-huquqiy bazadagi o‘zgarishlarni kuzatib borish imkonini beradi. Batafsil ma’lumot bilan LexUZ huquqiy axborot portalida vazirlik faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar orqali tanishishingiz mumkin.
