
Gender tenglik
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi mamlakatimizda gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ayollarni qo‘llab-quvvatlash ulani turli sohalarda o‘z imkoniyatlarini namoyon etishlari yuzasidan 2026-yilda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha quyudagilarni ma’lum qiladi.
Joriy yilning may oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan Osiyo xotin-qizlar forumini doimiy platformaga aylantirib, muntazam o‘tkazib borish doirasida Vazirlik faoliyatiga tegishli qismi bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda faoliyat olib borilayotganligini shu bilan birga sohaga oid masalalarda xotin-qizlarning alohida o‘rni borligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yilning 22-oktabridagi PQ-314-son qarori misolida ko‘rish mumkin.
Vazirlikda ayollarning ish faoliyatlatlarini samaradorligini oshirish maqsadida “Ayollar Klubi” tashkil etilgan bo‘lib, ushbu kulub doirasida turli seminar va treninglar, o‘z kasbini faol va yetuk mutaxassisi bo‘lgan psixologlar ishtirokida davra suhbatlari o‘tkazilib ayollarning bugungi kundagi ko‘plab savol va muommolarga yechim topishlarida amaliy yordam berilganligini aytish mumkin.

Ayollarning hayot tarzlarini yaxshilash hamda ularga madaniy xordiq ulashish maqsadida dam olish maskanlarida turli xil tadbirlar o‘tkazilgan, 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Prezident Farmoni 10-bandi ijrosi yuzasidan vazirlik huzuridagi tashkilotlar hamda quyi bo‘linmalardagi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha tashkilot tomonidan bir qator ishlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib jumladan, vazirlik markaziy apparatida ishlayotgan hodimlarning 30 foizdan ortig‘ini xotin-qizlar tashkil etadi.

Shuningdek, ular investitsiya loyihalarini tahlil qilish, xalqaro muzokaralarda qatnashish hamda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlarni samarali amalga oshirishga salmoqli hissa qo‘shmoqda.

Bundan tashqari, vazirlikdagi ayol kadrlar raqamlashtirish jarayonlarini joriy etish, innovatsion yondashuvlarni qo‘llash hamda davlat xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan islohotlarda faol ishtirok etib, zamonaviy, ochiq va shaffof davlat boshqaruvi tizimini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Vazirlik ayollar uchun mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash, ularning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyani kuchaytirish hamda kasbiy o‘sish imkoniyatlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan tashabbuslarni izchil amalga oshirib kelmoqda.

Vazirlik xotin-qizlari o‘rtasida o‘quv seminarlarida ishtirok etib o‘z malaka va ko‘nikmalarini oshirish hamda ish faoliyati davomida amalda qo‘llash bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib hozirgi kunga kelib ISSV tizimida faoliyat yuritayotgan ayollaning aksariyati boshqarma boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari va boshqa turli xil lavozimlarni egallab kasbiy malakasini oshirib kelmoqdalar.
Ularni rag‘barlantirish va olib borayotgan sayi harakatlarini odilona baholash bilan bir qatorda ayol hodimlarni ko‘krak nishoni va boshqa mukofatlar bilan taqdirlanganlarini aytish mumkin.

