Boş sahifaRaqamli hukumatO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF–117-son Farmoniga muvofiq vazirlik tomonidan amalga oshirilgan ishlar
0+


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF–117-son Farmoniga muvofiq vazirlik tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida
MA’LUMOT
(2026-yil 4-noyabr holatiga)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF–117-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida vazirlik tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:
— Vazirlikning 48-I-son ichki buyrug‘iga asosan, ijro intizomiga mas’ul boshqarma bevosita vazir bo‘ysunuviga o‘tkazildi.
— Vazirlikka kelib tushgan topshiriqlar xatlovdan o‘tkazilib, Farmon bilan tasdiqlangan nizomning 7-bandiga muvofiq, bir xil turdagi takrorlanuvchi topshiriqlarni nazoratdan chiqarish choralari ko‘rildi. Bu topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish va ularning sifatli bajarilishini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
— Xatlov natijalariga ko‘ra, nizomning 9-bandiga muvofiq, 205 tadan ortiq topshiriq tegishli asoslar bilan nazoratdan chiqarildi.
— 2026-yil yanvar–oktabr oylarida vazirlik asosiy ijrochi etib belgilangan jami 5 231 ta topshiriq kelib tushgan. Oktabr oyi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari ijrosi 100 foiz, Prezident Administratsiyasi rahbari topshiriqlari ijrosi esa 99 foizga ta’minlandi.
— Xorijiy tomon ishtirokiga bog‘liq tadbirlar yuzasidan 3 ta topshiriq bo‘yicha xorijiy hamkorlarning rasmiy xatlariga asosan tadbirlarni o‘tkazish muddatlari boshqa sanalarga belgilandi.