
Investitsiyalar

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (ISSV) investitsiyalarni jalb etish uchun qulay muhit yaratish, investitsiya siyosatini rivojlantirish, investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda xorijiy va mahalliy investorlar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha kompleks ishlarni amalga oshiradi. Shuningdek, vazirlik iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida imkoniyatlarni tahlil qilish, qo‘llab-quvvatlash va axborot bilan ta’minlash orqali mamlakatning investitsiyaviy salohiyatini xalqaro maydonlarda faol targ‘ib qiladi.
O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiyalar hajmi va dinamikasi bo‘yicha rasmiy ma’lumotlar bilan O‘zbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasining portalida tanishish mumkin: https://stat.uz/ru/ofitsialnaya-statistika/investments
ushbu portalda asosiy kapitalga investitsiyalar va investitsion faoliyatning boshqa muhim ko‘rsatkichlari bo‘yicha dolzarb statistik ma’lumotlar e’lon qilinadi.


