Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaviy holatlar haqida xabar berishga moʻljallangan aloqa kanallari
Ishonch telefoni:+998(71)238-50-05;
Murojaat bo‘limi:+99871 238-50-00; +99871 238-50-90
Elektron pochta: anticor@miit.uz, info@miit.uz;
Telegram bot - @anticor_miit_bot
Vazirlikda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida qabul qilingan buyruq bilan tanishishingiz mumkin
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida
Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi xodimlarining Odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida 1
Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi xodimlarining Odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida 2
O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi faoliyatini amalga oshirishda ichki idoraviy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida
Rotatsiya/lavozimga tayinlanishda yoki yillik deklaratsiyani to‘ldirish vaqtida manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi/mavjud emasligi to‘g‘risidagi ariza (ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiya)ning
NAMUNAVIY ShAKLI
F.I.Sh (to‘liq)
Nomzod da’vogarlik qilayotgan tarkibiy bo‘linma nomi
Nomzod da’vogarlik qilayotgan lavozim
To‘ldirilgan sana
Ushbu arizada quyidagi atamalar qo‘llaniladi:
yaqin qarindoshlar – qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar, ya’ni ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobo, buvi, nevaralar, shuningdek er-xotinning ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillari.
aloqador shaxslar – Tashkilot xodimi bilan tijorat tashkilotlarining ustav kapitalida ishtirok etadigan shaxslar, aksiyalari Respublika fond birjasida ommaviy muomalada bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarining besh foizidan kam bo‘lgan miqdordagi aksiyaga ega ekanligi bundan mustasno;
manfaatlar to‘qnashuvi – Vazirlik xodimining shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat;
xodimning shaxsiy manfaatdorligi – xodim tomonidan o‘z xizmat vazifalarini bajarish doirasida uning yaqin qarindoshi yoki xodimga aloqador bo‘lgan shaxslar tomonidan xodimning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari, moddiy yoki nomoddiy qiymatliklar, boshqa mol-mulk, boylik va imtiyozlar ko‘rinishida shaxsiy naf olish imkoniyati (shaxsiy, ijtimoiy, mulkiy, moliyaviy, siyosiy va boshqa manfaatlari);
a) Agar sizning yaqin qarindoshlaringiz yoki aloqador shaxslar Tashkilotda ishlayotgan bo‘lsa, ularning lavozimini va tarkibiy bo‘linmasini ko‘rsating (agar ular ishlamasa, “yo‘q” deb yozing).
b) Agar siz, sizning yaqin qarindoshlaringiz yoki aloqador shaxslar tijorat tashkilotlarining ustav kapitalida ishtirok etsa (yakka tartibdagi tadbirkorlar bo‘lsa), sizning egallab turgan lavozimingiz manfaatlar to‘qnashuviga olib keladi deb o‘ylaysizmi?
(agar ishtirok etsa ularni ko‘rsating, ishtirok etmasa, “ishtirok etmaydi”, agar u manfaatlar to‘qnashuviga olib kelsa sababini ko‘rsating, olib kelmasa, “olib kelmaydi” deb ko‘rsating).
c) Agar siz, sizning yaqin qarindoshlaringiz yoki aloqador shaxslar nodavlat notijorat tashkilotlarini boshqarishda qatnashsa, sizning egallab turgan lavozimingiz manfaatlar to‘qnashuviga olib keladi deb o‘ylaysizmi?
(agar ishtirok etsa ularni ko‘rsating, ishtirok etmasa, “ishtirok etmaydi”, agar u manfaatlar to‘qnashuviga olib kelsa sababini ko‘rsating, olib kelmasa, “olib kelmaydi” deb ko‘rsating).
d) Sizning yaqin qarindoshlaringiz yoki aloqador shaxslar davlat idoralarida va tashkilotlarida ishlaydimi? Agar javob “ha” bo‘lsa qaysi tashkilotligini, lavozimini ko‘rsating.
e) Sizga Vazirlik xodimlari tomonidan uning etika va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga oid ichki hujjatlarini buzish yoki ehtimoliy buzish bilan bog‘liq holatlar ma’lummi?
(Izoh: «Ha» yoki «Yo‘q» javoblarini tanlang; agar javobingiz «Ha» bo‘lsa, izohlar satrida bu haqida batafsil yozing)
Lozim deb topsangiz qo‘shimcha ma’lumotlarni ko‘rsating.
Ushbu arizani imzolab, quyidagilarni tasdiqlayman:
- Menda manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan holatlar mavjud/mavjud emas (tegishli javobning tagini chizing).
- Men ushbu arizada aks etgan ma’lumotlar to‘liqligi va haqqoniyligiga hamda men ushbu ma’lumotlarni tegishli huquq-tartibot organlari tomonidan tekshirilishiga rozilik bildiraman.
- Tashkilotda manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi Nizom talablariga binoan, men to‘ldirgan har qanday arizani haqqoniyligiga ta’sir qiladigan yangi holatlar to‘g‘risida Tashkilotga darhol xabar berish majburiyatini olaman.
_______________ ______________ ____________________
F.I.Sh) (imzo) (sana)
Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnoma
_____________________________ ga
bevosita rahbarning F.I.Sh to‘liq
____________________________ dan
F.I.Sh to‘liq
_____________________________
tashkiloti, lavozimi
_____________________________
aloqa telefon raqami
Manfaatlar to‘qnashuvining kelib chiqishi ehtimoli haqida
X A B A R N O M A
Vazirlikning 20___ yil “____” ______________ dagi “____” – son buyrug‘iga asosan men, ______________________________________________________________
- F.I.Sh, lavozimi)
sizga manfaatlar to‘qnashuvining kelib chiqish ehtimoli haqida quyidagilarni xabar qilaman: __________________________________________________
(Shaxsiy manfaatlar (to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita) xizmat vazifalarini bajarishiga ta’sir qilayotgan yoki ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan va xodimning shaxsiy manfaati bilan Tashkilotning manfaatlariga zid kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatni tasvirlaydi).
- F.I.Sh) (imzo) (sana)
Xodimning bevosita rahbari tomonidan to‘ldiriladi
Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish uchun quyidagi choralar taklif qilinadi:_______________________________________________________
(manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish uchun ko‘rilgan choralar ko‘rsatiladi)
(rahbarning F.I.Sh) (imzo) (sana)