Ekofaol xodim

Iyun oyida vazirlikda ekologik madaniyatni yuksaltirish, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom ettirildi. Xodimlar tomonidan vazirlik hududi va unga tutash maydonlarda parvarish ishlari olib borilib, yashil muhitni kengaytirishga munosib hissa qo‘shildi.
Bu jarayonda Axborot xizmati xodimi Yo‘ldosheva Ma’mura o‘zining faolligi va tashabbuskorligi bilan alohida ajralib turdi. U obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarida muntazam ishtirok etib, ish joyida ekologik madaniyatni targ‘ib qilishga munosib hissa qo‘shmoqda.
Iyun oyining yakunlariga ko‘ra, Yo‘ldosheva Ma’mura “Oy ekofaol xodimi” deb e’tirof etildi.
“Yashil makon — sog‘lom va farovon kelajak poydevori!”
