
Sanoat

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (ISSV) sanoat sohasini iqtisodiy o‘sishning asosiy drayverlaridan biri sifatida rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirmoqda. Mazkur faoliyat ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, o‘zbek korxonalarining ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish, innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish hamda xalqaro hamkorlar bilan sanoat kooperatsiyasini mustahkamlashga qaratilgan.
Ushbu faoliyat investitsiya va tashqi savdo jarayonlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ular bo‘yicha batafsil rasmiy ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasining rasmiy portalida taqdim etilgan.


