Tashqi savdo sohasini tartibga solish

O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo sohasidagi qonunchiligi
Ushbu bo‘limda tashqi iqtisodiy faoliyatni, savdo-iqtisodiy hamkorlikni, tovarlar va xizmatlar eksporti hamda importi tartibini, shuningdek erkin iqtisodiy zonalarning faoliyat yuritishining huquqiy asoslarini, bojxona va notarif tartibga solishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan to‘plami taqdim etilgan.
Foydalanuvchilar va tadbirkorlar uchun qulaylik yaratish maqsadida tashqi savdoga bevosita taalluqli bo‘lgan asosiy qonunlar, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Prezident farmonlari va xalqaro shartnomalar jamlangan. Ushbu to‘plam tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun amaldagi huquqiy normalarni tezkor topish, talablarni tahlil qilish hamda tartibga solishdagi o‘zgarishlarni kuzatib borish imkonini beradi. Batafsil ma’lumot bilan LexUZ huquqiy axborot portalida tashqi savdo bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar orqali tanishishingiz mumkin.
