
Xalqaro hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (ISSV) xalqaro hamkorlikni o‘z faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida faol rivojlantirmoqda. Ushbu faoliyat ikki tomonlama va ko‘p tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, strategik sheriklikni mustahkamlash hamda mamlakatning iqtisodiy manfaatlarini xorijda ilgari surishga qaratilgan. Bu jarayon sanoat, savdo va investitsiyalar sohalarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan muzokaralar olib borish hamda bitimlar tuzishni ham o‘z ichiga oladi.
Xalqaro investitsiyalar dinamikasi va iqtisodiy faollikni aks ettiruvchi investitsiyalar bo‘yicha dolzarb rasmiy statistik ma’lumotlar bilan O‘zbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasining portalida tanishish mumkin.


