Vakant lavozimlar

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida
mavjud bo‘lgan vakant lavozimlar bo‘yicha Prezident huzuridagi
Boshqaruv samaradorligi agentligining platformasi orqali
ochiq tanlovga e’longa chiqarilgan lavozimlar
RO‘YXATI
Toshkent xalqaro moliya markazi Ma’muriyati boshqaruvchisi vakant lavozimi to‘g‘risida e’lon
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Toshkent xalqaro moliya markazi (TXMM) Ma’muriyati boshqaruvchisi lavozimiga nomzodlar uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.
TXMM Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 30 martdagi PF-48-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etilgan. Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga muvofiq, markaz faoliyatini 2027 yil boshida yo‘lga qo‘yish va uning operatsion tayyorgarligini ta’minlash maqsadida yetuk ekspertlar jamoasini shakllantirish jarayoni boshlandi.
TXMM Markaziy Osiyoning investitsiyaviy habiga aylanishi kutilmoqda. U xorijiy biznes uchun maxsus huquqiy rejimga ega, xalqaro kapitalni jalb qilish, moliya bozorini rivojlantirish va O‘zbekistonni global moliyaviy tizimga integratsiya qilishga yo‘naltirilgan maydon bo‘ladi. Markaz faoliyatida ingliz huquqi elementlari, mustaqil sud va arbitraj infratuzilmasi hamda investorlar va biznes yuritish uchun raqobatbardosh sharoitlar qo‘llanilishi ko‘zda tutilgan.
Lavozim haqida
TXMM Ma’muriyati boshqaruvchisi markazning oliy ijrochi rahbari hisoblanadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raislik qiladigan TXMM Kengashiga hisobdor bo‘ladi. Boshqaruvchi bir vaqtning o‘zida TXMM Kengashi kotibi vazifasini bajaradi va Ma’muriyatning barcha bo‘linmalariga rahbarlik qiladi.
Ushbu lavozim TXMM Moliyaviy xizmatlarni tartibga solish organi, Toshkent xalqaro tijorat sudi, O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati organlari va markaz rezidentlari bilan bevosita hamkorlik qilishni nazarda tutadi.
Asosiy vazifalar
- TXMM faoliyatini operatsion ishga tushirish: boshqaruv jamoasini shakllantirish, ichki reglamentlarni ishlab chiqish, rezidentlarni ro‘yxatga olish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha “yagona darcha” tizimini yaratish.
- Rezidentlarni jalb qilish: xalqaro moliyaviy kompaniyalar, investitsiya fondlari va banklarni jalb qilish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish; rezidentlarning barqaror oqimini (pipeline) shakllantirish.
- Tartibga solish masalalari bo‘yicha hamkorlik: tegishli idoralar bilan birgalikda TXMMning normativ bazasini ishlab chiqishda ishtirok etish; markaz rejimining xalqaro moliyaviy tartibga solish standartlariga (FCA, IOSCO, FATF) muvofiqligini ta’minlash.
- Xalqaro maydondagi o‘rni: global moliya-investitsiya hamjamiyatida TXMM manfaatlarini ilgari surish; yetakchi xalqaro moliyaviy institutlar bilan sheriklik aloqalarini o‘rnatish.
- Moliyaviy barqarorlik: operatsion byudjetni shakllantirish, uning ijrosini nazorat qilish va 5–6 yil ichida TXMMning o‘zini o‘zi moliyaviy ta’minlash darajasiga olib chiqish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar
Ma’lumoti: huquq, moliya, iqtisodiyot yoki davlat boshqaruvi sohasida oliy ma’lumot. MBA yoki LLM ilmiy darajasiga ega nomzodlarga ustuvorlik beriladi.
Ish tajribasi: moliyaviy sektor, davlat organlari yoki xalqaro moliya tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarida kamida 15 yillik tajribaga ega bo‘lish. Xalqaro moliya markazlarida yoki yetakchi xalqaro banklarda ish tajribasiga ega bo‘lishi shart. Yevropa va/yoki Osiyo moliya bozorlarida ish tajribasiga ega bo‘lish.
Huquqiy bilimlar: umumiy huquq (common law) yurisdiksiyasida amaliy ish tajribasi hamda Angliya va Uels huquq tamoyillarini tushunish.
Malakaviy talablar: xorijiy investorlar va moliyaviy kompaniyalarni jalb qilish bo‘yicha muvaffaqiyatli tajriba; moliyaviy tashkilot yoki xalqaro moliya markazini operatsion boshqarish tajribasi; xalqaro moliyaviy tartibga solish standartlarini bilish; davlat organlarining yuqori bo‘g‘in rahbarlari bilan muloqot qilish ko‘nikmasi. Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq yoki MDH bozorlarini bilish qo‘shimcha ustunlik beradi.
Shaxsiy ko‘nikmalar: yetakchilik qobiliyati va jamoani tubdan shakllantirish mahorati; strategik fikrlash; yuqori diplomatik mahorat va manfaatdor tomonlarning keng doirasi bilan aloqa o‘rnatish qobiliyati.
Tilllarni bilish: ingliz tili – mukammal (TXMMda qo‘llaniladigan til, majburiy talab).
Sharoitlar
Mazkur lavozim uchun taklif etiladigan kompensatsiya paketi yetakchi xalqaro moliya markazlari rahbarlari uchun belgilangan standartlarga mos keladi va mazkur lavozimning strategik ahamiyatini to‘liq aks ettiradi. Shartlar individual tarzda muhokama qilinadi va TXMM Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. O‘zbekistondan tashqarida istiqomat qiluvchi nomzodlar uchun relokatsiya (ko‘chib kelish) xarajatlari qoplanishi ko‘zda tutilgan.
Saralash jarayoni
Nomzodlarni saralash bir necha bosqichda amalga oshiriladi:
- ma’lumotnomalarni dastlabki “skreening” qilish;
- TXMM Loyiha ofisi va O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi vakillari bilan suhbat;
- TXMM Kengashi a’zolari bilan yakuniy suhbat;
- tavsiyanomalarni tekshirish (reference check).
Nomzodning ishga kirishi kutilayotgan muddat – 2026 yilning III–IV choragi.
Toshkent xalqaro moliya markazi Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi rahbari uchun vakant lavozim to‘g‘risida e’lon
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Toshkent xalqaro moliya markazi Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi (TXMM MXB) rahbari lavozimiga tanlov e’lon qiladi.
TXMM Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 30 martdagi PF-48-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etilgan. Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga muvofiq, markaz faoliyatini 2027 yil boshida yo‘lga qo‘yish va uning operatsion tayyorgarligini ta’minlash maqsadida yetuk ekspertlar jamoasini shakllantirish jarayoni boshlandi.
TXMM MXB markazning mustaqil vakolatli organi hisoblanib, TXMM rezidenti bo‘lgan moliyaviy tashkilotlarni litsenziyalash, nazorat qilish va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish uchun mas’uldir. Mazkur organ o‘z faoliyatini mustaqil ravishda shaffoflik va yetakchi xalqaro standartlarga muvofiq amalga oshiradi.
Lavozim haqida
TXMM MXB rahbari TXMM Kengashiga hisobdor bo‘lgan mustaqil tartibga soluvchi organning yuqori mansabdor shaxsidir. Uning bo‘ysunuvida litsenziyalash, nazorat va monitoring, me’yor ijodkorligi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish (AML/CFT), raqamli aktivlarni tartibga solish va tartibga solish qumdoni (sandbox) bo‘linmalari faoliyat yuritadi.
Ushbu lavozim TXMM Administratsiyasi, Toshkent xalqaro tijorat sudi, O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati organlari, shuningdek, IOSCO, FATF va FSB kabi yetakchi xalqaro tartibga soluvchi tashkilotlar bilan bevosita hamkorlik qilishni nazarda tutadi.
Asosiy vazifalar
- Vakolatli organning normativ-huquqiy hujjatlarini, TXMM maydonidagi moliyaviy faoliyatning barcha turlari bo‘yicha litsenziyalash qoidalarini ishlab chiqish va qabul qilish, normativ hujjatlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish.
- Rezidentlarni litsenziyalash. Moliyaviy tashkilotlarga litsenziyalar berish, ariza beruvchilarning belgilangan talablarga muvofiqligini baholash, bozorga kirish jarayonlarining shaffofligi va oldindan bashorat qilinishini ta’minlash.
- Nazorat va monitoring. Rezidentlar faoliyati ustidan Basel III/IV, IOSCO tamoyillari va FATF tavsiyalari kabi xalqaro standartlar asosida uzluksiz nazoratni ta’minlash, inspeksiyalar o‘tkazish va nazorat choralarini qo‘llash.
- Tartibga solish qumdoni. TXMM doirasida fintech-kompaniyalar va innovatsion moliyaviy mahsulotlar uchun sandbox mexanizmini ishga tushirish va uning operatsion boshqaruvini amalga oshirish.
- AML/CFT. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimini FATF standartlariga to‘liq muvofiq holda joriy etish.
- Raqamli aktivlarni tartibga solish. Raqamli aktivlar va kriptoaktivlar uchun eng ilg‘or xalqaro tajribalarni hisobga olgan holda tartibga solish asoslarini ishlab chiqish.
- Xalqaro hamkorlik. IOSCO, FATF, FSB tashkilotlarida TXMM MXB nomidan vakillik qilish, xorijiy vakolatli organlar bilan hamkorlik o‘rnatish, ikki tomonlama forumlarda ishtirok etish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar
Ma’lumoti. Huquq, moliya yoki iqtisodiyot sohasida oliy ma’lumot. LLM, MBA yoki Ph.D. ilmiy darajasiga ega bo‘lish katta ustunlik beradi.
Ish tajribasi. Bank sohasida, moliyaviy tartibga solish yoki xalqaro moliya tashkilotlarida kamida 15 yillik tajribaga ega bo‘lish. Moliyaviy vakolatli organ tizimida Bosh direktor, Direktor, Ijrochi direktor yoki undan yuqori lavozimlarda ish tajribasiga ega bo‘lish. Moliya markazi yoki vakolatli organ uchun normativ baza ishlab chiqish tajribasi talab etiladi.
Sohaviy ixtisoslashuv. Aktivlarni boshqarish (asset management), bank faoliyati, sug‘urta, islom moliyasi, raqamli aktivlar va kriptoaktivlar, fintech yoki qimmatli qog‘ozlar bozori kabi yo‘nalishlarning birida yoki bir nechtasida tartibga solish tajribasiga ega bo‘lish.
Malakaviy talablar. Basel III/IV, IOSCO Principles, FATF Recommendations, AIFMD, MiFID kabi xalqaro standartlarni chuqur bilish. Ingliz huquqi (common law) yurisdiksiyasida ishlash tajribasiga ega bo‘lish. Vakolatli organ tomonidan tartibga solish qumdoni tashkil etish tajribasiga ega bo‘lish. Raqamli aktivlarni tartibga solish va FATF bilan hamkorlik qilish tajribasi ustunlik beradi. Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq yoki MDH bozorlarini bilish qo‘shimcha afzallik beradi.
Shaxsiy ko‘nikmalar. Mustaqil fikrlash, bozor ishtirokchilari bilan ishonchli munosabatlar o‘rnatish qobiliyatiga ega bo‘lish, strategik fikrlash hamda ko‘p millatli muhitda ishlash tajribasi.
Tilllarni bilish. Ingliz tili – mukammal (TXMMda qo‘llaniladigan til, majburiy talab).
Sharoitlar
Ushbu lavozim yetakchi moliyaviy vakolatli organ rahbarlari uchun xalqaro standartlarga mos keladigan va mazkur lavozimning strategik ahamiyatini to‘liq aks ettiradigan kompensatsiya paketini nazarda tutadi. Shartlar individual tarzda muhokama qilinadi va TXMM Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. O‘zbekistondan tashqarida istiqomat qiluvchi nomzodlar uchun relokatsiya (ko‘chib kelish) xarajatlari qoplanishi ko‘zda tutilgan.
Saralash jarayoni
Nomzodlarni saralash bir necha bosqichda amalga oshiriladi:
- ma’lumotnomalarni dastlabki “skreening” qilish;
- TXMM Loyiha ofisi va O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi vakillari bilan suhbat;
- TXMM Kengashi a’zolari bilan yakuniy suhbat;
- tavsiyanomalarni tekshirish (reference check).
Nomzodning ishga kirishi kutilayotgan muddat – 2026 yilning III–IV choragi.
📧 Ma’lumotnoma yuborish uchun elektron manzil: tiifc.hr@miit.uz
