Veb-saytdan foydalanish yo‘riqnomasi va atamalar ma’nosi
|
BOSH SAHIFA |
|
Asosiy sahifaga kirgandan so‘ng foydalanuvchi saytdagi mavjud bo‘linmalardan o‘zini qiziqtirgan barcha ma’lumotlarga kirishi, o‘zini qiziqtirgan savollarga javob olishi mumkin. |
|
VEB-SAYT ASOSIY SAHIFALARIGAGI BO‘LIMLAR - VAZIRLIK HAQIDA |
|
Veb sayt sahifasidagi bo‘imlar - sahifalarning yuqori qismida joylashgan bo‘lib foydalanuvchi bo‘lim sarlavhasiga sichkoncha tugmachasini olib kelish orqali ochishi va bo‘limning barcha bo‘linmalarini ko‘rishi mumkin. Foydalanuvchiga qulaylik yaratish uchun yuqori oynada tezkor kirish uchun quyidagi bo‘limlar mavjud: (Vazirlik haqida, Vazirlik tuzilmasi, Rahbariyat, Markaziy apparat, Tizimdagi tashkilotlar, Hududiy boshqarmalar, Jamoatchilik Kengashi, Vazirlikda ishlash) to‘g‘risida ma’lumotlar yoritilgan. |
|
FAOLIYAT BO‘LIMI |
|
Uchbu bo‘limda foydalanuvchilar ekologiya vazirligining faoliyati bilan tanishishlari mumkin va foydalanuvchiga qulaylik yaratish uchun yuqori oynada tezkor kirish uchun quyidagi bo‘limlar mavjud: (Investitsiyalar, Sanoat, Savdo, Xalqaro hamkorlik, Korrupsiyaga qarshi kurash, Gender tenglik) to‘g‘risida ma’lumotlar yoritilgan |
|
DAVLAT XIZMATLARI BO‘LIMI |
|
Uchbu bo‘limda foydalanuvchilar ekologiya vazirligi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan tanishishi, murojaatlar tartibi va holati bilan tanishishi, statistik hisobotlar bilan tanishishi imkoniyatiga ega bo‘ladi. Foydalanuvchiga qulaylik yaratish uchun yuqori oynada tezkor kirish uchun quyidagi bo‘limlar mavjud: (Xalqaro brendlar tovarlarini import qiluvchilar Reyestri, Fuqarolar murojaati, Fors-major, Shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish uchun ariza berish, Xorijiy korxonalarni akkreditatsiya qilish, Eksportchilar uchun interaktiv xizmatlar) to‘g‘risida ma’lumotlar yoritilgan. |
|
HUJJATLAR BO‘LIMI |
|
Uchbu bo‘limda foydalanuvchilar ekologiya sohasiga tegishli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi hamda muhokamaga kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishishi mumkin bo‘ladi. Foydalanuvchiga qulaylik yaratish uchun yuqori oynada tezkor kirish uchun quyidagi bo‘limlar mavjud: (NHH loyihalarini muhokama qilish, O’z kuchini yo’qotgan normative-huquqiy hujjatlar, Ishlab chiqilayotgan NHH loyihalari, Sanoat va ishlab chiqarish sohasini tartibga solish, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Tashqi savdo sohasini tartibga solish, Investitsiyaviy faoliyatni tartibga solish) to‘g‘risida ma’lumotlar yoritilgan |
|
OCHIQ MA'LUMOTLAR VA AXBOROT XIZMATI BO‘LIMLARI |
|
Uchbu bo‘limda sohaga tegishli ochiq ma’lumotlar joylashtirilib boriladi shuningdek sohaga tegishli barcha yangiliklar va tanlovlar, brifinglar, seminarlar, rahbarlarni ma’ruzalari to‘g‘risida ma’lumotlar joylashririb boriladi. |
VEB-SAYTDA FOYDALANILGAN ATAMALAR
|
№ |
ATAMALAR |
IZOH |
|
1 |
Investitsiyalar |
Iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida oʻz mamlakatida yoki chet ellarda turli tarmoqlarga, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzoq, muddatli kapital kiritish (qoʻyish). |
|
2 |
Eksport |
Tovarlar, xizmatlar, investitsiya, qimmatli qogʻozlar, texnologiyalar va boshqalarni tashqi bozorga chiqarish. |
|
3 |
XMI va XHMT |
Xalqaro moliya institutlari (Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo Infratuzilmaviy investitsiyalar banki, Osiyo Taraqqiyot Banki, Islom Taraqqiyot Banki) va Xorijiy Hukumat moliya institutlari Fransiya taraqqiyot agentligi, KOICA, EXIMBANK Korey ava boshqalar. |
|
4 |
YaIM |
Yalpi ichki mahsulot - ma'lum bir davrda, odatda yillik yoki har chorakda bir mamlakat chegaralarida ishlab chiqarilgan barcha tovarlar va xizmatlarning umumiy pul qiymati. YaIM ham mamlakat ichida, ham mamlakatdan tashqarida xalqaro miqyosda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini qamrab oladi. |
|
5 |
Import |
Mamlakatning ichki bozorida sotish uchun, shuningdek, ularni uchinchi mamlakatga o‘tkazib yuborish uchun chet el tovarlari, xizmatlar, texnologiyalar, kapitallar, qimmatli qog‘ozlar va boshqalarni keltirish. Yuklar, passajirlarni chet eldan tashib keltirish, sayyohlik, sug‘urta, ilmiy-texnika bilimlari va boshqa xizmatlar xarajatlari ham import tarkibiga kiradi. |
|
6 |
EIZ |
Erkin iqtisodiy zonalar — davlatlararo kelishuvlarga yoki maxsus qonunlarga muvofiq, xoʻjalik va tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanish uchun imtiyozli soliq, moliya, huquqiy sharoitlar joriy qilinadigan muayyan hududlar. Xorijiy va mahalliy tadbirkorlarni jalb etish maqsadlarida tashkil etiladi va ularda zarur ishlab chiqarish va ish yuritish infratuzilmasi barpo etiladi. Erkin iqtisodiy zonalar koʻp hollarda davlatlararo tutash hududlarda (bir necha davlatlarning chegaralari tutashgan hudud), xalqaro aeroportlar, port shaharlarda yoki transport yoʻllari tutashgan hududlarda tashkil etiladi. Erkin iqtisodiy zonalarz.da alohida xalqaro huquqiy status joriy etiladi. Lekin u qayerda joylashishidan qatʼi nazar, shu mamlakatning ajralmas boʻlagi hisoblanadi, barcha amaliyotlar (yer ajratish, firma va kompaniyalarni tashkil etish, chegaradan yuklarni, tovarlarni olib kirish va olib chiqish, boj toʻlovlari, soliq toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar, qaysi valyuta yoki valyutalar toʻlov vositasini oʻtashi, hududni boshqarish tartibi va boshqalar) qabul qilingan qoidalar asosida tezkorlik bilan bajariladi. Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishdan maqsad koʻplab yangi texnologiya, investitsiyalarni jalb qilib, rivojlangan iqtisodiy makon yaratish va shu yoʻl bilan mamlakat iqtisodiyotini tezkorlik bilan rivojlantirishdir. Erkin iqtisodiy zonalarning har xil turlari mavjud: erkin omborxonalar, erkin bojxonalar zonalari, ilmiytexnika zonalari. |
|
7 |
Sanoat |
Sanoat, deb xom ashyo, material, yoqilgʻi, energiya va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yoki aholiga xizmat koʻrsatuvchi korxonalar (zavod, fabrika, kon, shaxta, elektr stansiya, ferma va h.k.) majmuasiga aytiladi. |
|
8 |
Savdo |
Bir mamlakatning boshqa mamlakat yoki mamlakatlar bilan olib boradigan savdosi. Mamlakatdan tovarlar chikarish (eksport) va mamlakatga tovarlar kiritish importdan tashkil topadi. Eksport va import yigʻindisi mamlakatning Tashqi savdo aylanmasini tashkil etadi. Mamlakatlar oʻrtasida savdosotiqni rivojlanishi ikki tomonlama foyda olish imkonini beradi. Tashqi savdo mamlakatlararo iqtisodiy munosabatlarning eng oddiy va eng kad, shaklidir. Kds.. Misr, Yunoniston va Rim quldorlik tuzumi davridayoq boshqa mamlakatlar bilan ikki tomonlama savdosotiq munosabatlarini amalga oshirgan. Insoniyat tarixida birinchi marta Sharq va Gʻarb dunyosini bir-biri bilan bogʻlagan Buyuk Ipak yoʻli kitalararo savdoni yoʻlga qoʻydi. Bu yoʻl hozirgi Oʻzbekiston hududida joylashgan shaharlarda savdosotiqning keng kuloch yoyishiga olib kelgan edi. |
|
9 |
NHH |
NHH – Normativ-huquqiy hujjat – qonunchilikka muvofiq qabul qilingan, umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatdir. |
|
10 |
Soliq |
Oʼzbekiston Respublikasini Soliq Kodeksining 12- moddasiga asosan Soliqlar deganda-muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va begʼaraz xususiyatga ega boʼlgan, byudjetga yoʼnaltiriladigan majburiy pul toʼlovlari tushuniladi.
Boshqa majburiy toʼlovlar deganda belgilangan davlat maqsadli jamgʼarmalariga majburiy pul toʼlovlari, bojxona toʼlovlari, shuningdek vakolatli organlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni toʼlovchilarga nisbatan amalga oshirish uchun, shu jumladan muayyan huquqlarni yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun toʼlanishi lozim boʼlgan yigʼimlar, davlat boji tushuniladi. |
|
11 |
QQS |
Qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) – umumdavlat soliq turi; ishlab chiqarish va muomala jarayonlarining barcha bosqichlarida yaratilgan qoʻshilgan qiymatning bir qismini davlat byudjetiga olish shakli. Tovar va xizmatlardan olinadigan bilvosita (egri) soliqlar tarkibiga kiradi. |
|
12 |
Koʻrgazma |
Koʻrgazma — insonning moddiy va maʼnaviy faoliyati sohalaridagi yutuqlarni ommaviy namoyish etish. Hozirgi zamon koʻrgazmalari maqsadlariga koʻra, savdo koʻrgazmalari asosan, tijorat maqsadida uyushtiriladi, iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, fan, texnika va madaniyat sohalaridagi yutuqlar va mahsulotlar namoyish qilinadigan universal koʻrgazmalari, sanoat, qishloq xoʻjaligi, sanʼat va boshqalarning bir yoki bir necha yondosh tarmoqlarini qamrab oluvchi ixtisoslashgan K.lar; qatnashchilari tarkibiga koʻra, jahon, xalqaro, milliy, mintaqaviy va boshqalarga boʻlinadi. |
|
13 |
Mahsulot |
Iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy mahsulotlar koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, ilmiy tadqiqot natijalari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari. |
|
14 |
Infratuzilma |
Infratuzilma — ishlab chiqarish va tovar muomalasi, shuningdek, inson hayot faoliyati uchun zarur boʻlgan meʼyoriy sharoitni taʼminlashga xizmat kiluvchi turli-tuman yordamchi xizmat koʻrsatuvchi sohalar (tashkilot, korxona va muassasa) majmui; nomoddiy ishlab chiqarish sektori. Infratuzilma xizmatlari moddiy shaklga ega boʻlmagan tovarlar boʻlib, ular hayotiy ehtiyojlarni qondiradi. Infratuzilma zaruriy shart boʻlganidan uning ishlab turishini taʼminlashga iqtisodiy resurslarning bir qismi jalb etiladi. Infratuzilma xizmat koʻrsatish sohasiga koʻra ishlab chiqarish infratuzilmasi (ishlab chiqarish ga xizmat koʻrsatuvchi sohalar — yuk tashish transporti, elektr va issiqlik taʼminoti, yoʻl xoʻjaligi, suv xoʻjaligi, ombor xujaligi, ilmiy konstruktorlik xizmati, axborot xizmati va boshqalar) |
|
15 |
Biznes-forum |
Bu mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish, biznes masalalarini muhokama qilish va hal qilish uchun platformadir. Bunday tadbir kompaniyani e'lon qilish yoki tomoshabinlarga yangi mahsulotni taqdim etish va yangi shrtnomalar tuzish uchun ajoyib imkoniyatdir. |
Veb-saytdagi axborotlarni shakllantirishga mas'ul xodim - Axborot xizmati boshqarmasi bosh mutaxassisi G.Tohiriy.
Tel: 0-371-238-51-27
e-mail: info@miit.uz
