PF-243: yirik şaharsozlik loyihalari uçun yangi investitsiya modeli
2026-11-10 10:50:00 / Yangiliklar

2026-yil 10-noyabrda qabul qilingan Prezidentning PF-243-son Farmoni Yangi Toşkent şahri va Samarqanddagi «Şirin» massivida yirik şaharsozlik hamda turizm loyihalarini amalga oşiriş uçun qulay, şaffof va yagona investitsiya muhitini yaratadi. Hujjat investitsiya taşabbusini yer uçastkasini ajratişdan tortib obyektni foydalanişga topşirişgaça bölgan jarayonlarni kompleks tarzda qöllab-quvvatlaşni nazarda tutadi.
Farmonga muvofiq, maxsus huquqiy rejim doirasida qiymati 50 million AQŞ dollaridan yuqori bölgan yirik loyihalar töqqizta yönaliş böyiça qöllab-quvvatlanadi. Jumladan, balandligi 200 metrdan ortiq binolar, mehmonxona va biznes majmualari, savdo obyektlari, tematik parklar, kurortlar, tibbiyot, ta’lim, madaniyat, sport hamda infratuzilma loyihalari qamrab olinadi. Ayrim xalqaro reytinglarda yetakçi örinlarni egallagan mehmonxona brendlari uçun investitsiya qiymatidan qat’i nazar imtiyozlar qöllaniladi.
Investorlar uçun asosiy yengilliklar: yer uçastkalarini qurilişga tayyor holda, texnik şartlar bilan birga savdoga çiqariş; auksion bilan bir qatorda Swiss challenge mexanizmini joriy etiş; maxsus rejimda yerning boşlanğiç narxini investitsiya hajmiga qarab 1 AQŞ dollarigaça pasaytiriş; avans tölovini 10 foizgaça tuşiriş va 4–7 yilgaça foizsiz bölib tölaş imkoniyatini beriş. Obyekt foydalanişga topşirilgaç, investor yer uçastkasini qöşimça haq tölamasdan mulk qilib olişi yoki 49 yilgaça ijaraga olişi mumkin.
Şuningdek, infratuzilma xarajatlarini 20 foizlik çegirma bilan tölaş yoki foizsiz bölib tölaş, ayrim loyihalar uçun foyda soliği stavkasini 1 foiz etib belgilaş, 20 yilga yer va mol-mulk soliğidan ozod qiliş, quriliş davrida belgilangan doiradagi import uçun bojxona imtiyozlarini qöllaş nazarda tutilgan. Xorijiy investorlar uçun salbiy qonunçilik özgarişlaridan 10 yillik kafolat ham belgilanadi. Qayta investitsiya qilingan dividendlar, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik işlari hamda xorijiy mutaxassislarni jalb etiş böyiça qöşimça rağbatlantiriş çoralari joriy etiladi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Farmon ijrosida investitsiya loyihalarini muvofiqlaştiruvçi operator sifatida iştirok etadi. Vazirlik tasdiqlangan kelişuvlar reyestrini yuritadi, har bir investorga «investorbay» tamoyili asosida mas’ul xodim biriktiradi va loyihalar ijrosi yuzasidan har çorakda hisobot kiritadi. Yangi Toşkentda vazirlikning investitsiyalar, sanoat va savdo bölimi taşkil etiladi. Şuningdek, vazirlik tegişli idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda investorlarni jalb qiliş, tanlovdan ötkaziş va namunaviy investitsiya kelişuvlarini rasmiylaştiriş tartiblarini işlab çiqadi.
Farmonda investitsiyalarni moliyalaştirişning yangi mexanizmlariga ham alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, köçmas mulkka investitsiya kiritiş fondlari — REIT faoliyatining huquqiy asoslarini yaratiş, davlat köçmas mulki negizida pilot fond taşkil etiş va uning aksiyalarini IPO orqali bozorga çiqariş rejalaştirilgan. Tegişli normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2026-yil 31-dekabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
PF-243-son Farmonning amalga oşirilişi yirik şaharsozlik loyihalarini amalga oşirişda ma’muriy tösiqlarni qisqartiriş, investitsiya xarajatlari va muddatlarining oldindan aniqligini ta’minlaş, xalqaro brendlar va institutsional investorlarni jalb etişga xizmat qiladi. Natijada Yangi Toşkent va «Şirin» hududlarida zamonaviy infratuzilma, yangi iş örinlari hamda yuqori qöşilgan qiymatga ega xizmatlar rivojlanişi uçun mustahkam zamin yaratiladi.
